Dunyodagi har bir odamning öziga xos taqdiri, keçinmalari böladi. Bu galgi taqdir egasi ham oramizdagi oddiy inson. Olis qişloqlardan birida istiqomat qiluvçi qahramonimiz yoş bölsa-da, rözğor taşvişini kiçik jussasiga olgan qiz. Ismini oşkor qilişimizni istamagan qizning taqdiri uning hikoyasini öqiganlarni sabr-u bardoş bilan yaşaşga undasa ne ajab...
«Onam köz oldimda sönib borardi...»
Dadam va oyim heç qayerda işlamaydi. Dadam mardikorlik orqali pul topadi. Özingizdan qolar gap yöq: mardikorlik mavsumiy bölib, u bilan oilani tebratiş qiyin. Onam ham işlaşga majbur edi. Tuman markazida çoyxona, töyxonalarda idiş yuvardi. Tik oyoqda keçasi bilan işlaş onamni holdan toydirdi. Uning kundan-kunga köz oldimda sönib borayotganini körib, qiynalardim. Şundan söng men ham işlaşga qaror qildim...
15 yoşimdan onamga qaraşib, işlaşni boşladim. Maktabni tugatib, qöşni tumanda tibbiyot kollejiga kirdim. Onam bilan çoyxona va töyxonalarda işlaşdan taşqari bir boy xonadonda yumuşlarni qilardik. Xonadon egalariga köp yil xizmat qildik. Şu sababdan ular bilan munosabatimiz yaxşi edi. Kollejda öqigan vaqtlarimda ham işlab, pul topişga, uydagilarga jönatişga harakat qilardim. Ota-onam menga heç qaçon işlab pul top deyişmagan. Vaziyatni körgaç, özingiz majbur bölib qolarkansiz.
«Xayolimda bir fikr – uka-singillarimni boqiş»
Tumanimizda tibbiyot kolleji bölmagani uçun qöşni tumandagisiga qatnay boşladim. Uydan uzoqda bölsam-da, oilamga yordam berişim kerak edi. Şanba-yakşanba kunlari uyga kelib, şu yerdagi çoyxonada idiş yuvuvçi bölib işlardim. Keçasi bilan tik oyoqda, oğir şaroitda mehnat qiliş osonmasdi. Dam oliş kunlari barça talabalar kabi ota-ona diydoriga töyolmasdim. Uyim işxonaga yaqin bölsa-da, uyga bormasdan şu yerda 2 kun işlardim-da, keyin yana ertalab duşanba kuni öqişga çiqib ketardim. 3 yil şu tariqa ötib ketdi. Töğrisi, öqiş men uçun birinçi örinda emasdi, çunki mendan keyin 4 singlim va ukam bor edi.
«Muhtoj bölsam-da, yomon yölga kirişni öylamaganman»
Kollejni bitirib, mutaxassisligim böyiça qöşimça iş qidira boşladim. Öqişga topşiriş haqida öylamadim, çunki oilada tönğiç farzand sifatida singillarim, ukamni yolğiz qoldirib ketolmasdim. Hozir ikkita joyda – tuman markazidagi çoyxona va şifoxona oşxonasida işlayman. Karantin tufayli birinçi işimdan ayrildim. Hozir faqat tibbiyot birlaşmasidagi oşxonada işlayapman. Oyligim – 730 ming. Afsuski, katta rözğorga yetkazolmaymiz. Ikkita joyda işlaganimda, rosa qiynalganman. Şifoxonada iş ertalab soat 08:00dan keç soat 16:00gaça. Ba'zida iş tugamagan vaqtlarida bundanam keç qolib ketamiz. Horib, çarçab çoyxonaga yugurardim. Ba'zan tong sahargaça idiş-tovoq yuvib, qolib ketardim. Keç qolgan vaqtlarim köp bölgan. Boşliqlardan gap eşitardim. Ikkita işga ulguriş qiyin bölsa-da, şunaqa şaroitda işlaşga majbur edim. Vaziyatimni tuşuntirolmasdim.
Keçqurunlari çoyxonada işlagan vaqtlarimda qöni-qöşnilar men haqimda noma'qul sözlarni aytişardi. Qiz bola keçasi işlaşi yaxşimas. Buni özim ham bilaman, lekin nima qilay? Oilani kim boqadi? Odamlar şunaqa, töğri yursangiz ham ğiybat qilişarkan. Noçorlikdan azoblansam ham, egrilik köçasiga kirmadim. Nima qilib bölsa ham, halol pul topdim.
«Boşqalarning dadasi içmaydi-ku...»
Dadam mardikorlik qiladi. Topgan-tutganini içkilikka sarflardi. Onamni rosa urardi. Mast bölganda, janjal kötarardi. Uyda sinmagan narsa qolmasdi. Köçada sovuqmi, issiqmi farqi yöq, qoçib çiqib ketardik. Dadam Rossiyaga işlaşga borib, qurilişda qölidan jarohat olib, kuydirib olgan. Şundan keyin oğir işlarni qilmay qöydi. Onda-sonda mardikorlik qiladi. Onam ikkimiz qiynalsak-da, dadam özgarişni xohlamasdi. Dadam nega içkilikka berilgan, boşqalarning dadasi binoyidek işlab oilasini boqyapti-ku, nega mening dadam bunaqa, deb onamga aytib, yiğlab olardim.
«Onamni davolatolmaganim uçun siqilaman»
Onam avvalgiday işlolmaydi. Qölini sovuq suvga botirsa, şu zahoti qattiq oğriq böladi. Şifokorlar doimiy ravişda qöllarni sovuq suvda tutganlik uçun şamollaş bor, deyişdi. Bundan taşqari, bitta joyda qimirlamasdan tik oyoqda turib işlaş ham onam soğliğiga ta'sir qilmay qöymadi. Onam şifoxonada yotib davolanişi kerak edi. Afsuski, qölimiz kaltalik qildi. Şifoxonaga yotqizib, töliq davolanişi uçun pul topib berolmaganim uçun ham siqilardim. Onam bizni deb şunday xastalikka duçor böldi. Noçorlik qaddimizni bukib qöydi. Nega bunday bölişi kerak, deb özimga juda köp savol beraman, lekin javobi yöq. Onamning dorilariga oyligim yetmasdi. Köp tanişlarimdan qarz olişga majbur böldim. Hozirgi hayotim qarz oliş va qaytariş bilan ötyapti.
«Orzu qilganim bilan baribir amalga oşmaydi»
Tibbiyot kollejini bitirsam, heç bölmaganda tumanimizdagi tibbiyot birlaşmasiga hamşira bölib işga kiraman, deb rejalaştirgandim. Adaşibman, u yerga joylaşiş uçun tanişlaringiz bölişi kerak ekan. Mana, salkam 2 yildan beri şifoxona oşxonasida işlab yuribman. Böş iş örni bölişi bilan sizni qabul qilamiz, degan bir xil javobni olaman. Mendan keyin qança hamşiralar işga olindi.
Hayotim şunday ötaveradimi, butun umr şu tarzda işlab yuramanmi, degan fikr boşimda köp aylanadi. Tibbiyot oliygohiga hujjat topşirmoqçi böldim, keyin fikrimdan qaytdim. Birinçidan, u yerga kiriş osonmas. Tayyorgarlik köriş uçun ham mablağ kerak. Ikkinçidan, öqişga qirganim bilan singillarim, ukamning ahvoli ne keçadi? Ularni mendan boşqa boquvçisi yöq. Özim haqimda öylaşni unutib böldim. Xayolimda 5 nafar jigarlarimni boqiş, ota-onamga yordam beriş fikridan boşqa heç narsa yöq. Köçada tengdoşlarimni körsam, havasim keladi. Ularga öxşab betaşviş ota-onam bağrida yayrab-yaşnab yurgim keladi. Köp narsalarni orzu qilardim. Ammo hozir emas. Orzu qilganim bilan baribir amalga oşmaydi, foydasi yöq. Yaqinda xotin-qizlar uçun OTMga kirişda beriladigan grant uçun ariza topşirdim. Unçalik umid qilganim yöq. Baribir harakat qilib köray. Zora, umid uçquni paydo bölsa.
«Baxtli bölişga haqqim bormikin?»
Bir yigitga köngil qöygandim. Unga suyanib qolgandim. Qiynalgan vaqtlarimda yordam berardi. U bilan suhbatlaşsam, özimni himoyalangandek his qilardim. Baxtli edik. Kelajak rejalarini tuza boşladik. Ammo bir kunda barçasi şunçaki bir sarobga aylandi. Yigitning ota-onasi uni uylantirişmoqçi böldi. Tabiiyki, men haqimda ularga aytib, rad javobi olgan, çunki oilamiz ularga töğri kelmasdi. Dadam içkilikka berilib ketgan. Uyimizda doim janjal. Men esa keçalari çoyxona-yu töyxonalarda idiş yuvaman.
Ularga töğri kelmasligimizni oldindan his qilardim. Ular bizni tuşunişadi, deb umid qilardim. U menga telefon qilib, uylantirişayotganini aytdi. Boşida işonmadim. Bir kuni işdan uyga qaytayotsam, onasi biznikiga kelayotgan ekan. Bir-birimizni körib qoldik. Onasi öğlini tinç qöyişimni, oilasidan uzoqroq yurişimni aytdi. Bu gaplar yuragimga oğir botdi. Haliyam onasini köçada körib qolganim. Uyimizga kirib, onamga şu gaplarni aytganidami... Şu voqeadan keyin dunyo közimga tor köringan. Baxtli bölişga haqqim bormikin, men ham boşqa qizlar orzu qiladigan baxtga erişarmikinman, deb köp öylayman. Onam seni turmuşga beramiz desa, öylamay rad javobini beraman. Töy xarajatlari, sarpo va yana boşqa xarajatlar... Bularga qurbimiz yetmaganda, turmuş haqida öylaşga ham qörqaman.
Xullas, hayotim şunday ötyapti. Nima bölsa ham, yomon iş qilayotganim yöq. Mehnatning uyati yöq-ku axir. Bergan kuniga şukr qilib yaşayveraylikçi, bizga ham atalgan yaxşi kunlar bordir...
Kun.uz muxbiri Muhabbat Ma'mirova suhbatlaşdi













