Özbekistonda kovid-19 pandemiyasi bilan boğliq vaziyat murakkabligiça qolmoqda. Şunday şaroitda aholining koronavirusga oid yetarli va töğri ma'lumotga ega bölişi muhim ahamiyatga ega.
Alomatlari bölgan va bu kasallik özida bor deb taxmin qiladiganlarning hammasi ham şifokor bilan töla maslahatlaşa olmayapti, ba'zida tez yordamdan ham tezkor yordam bölmayotgani bu odamda vahima uyğotadi, bu esa vaziyatni yanada murakkablaştiradi.
«Tez yordam» dasturidan maqsad – yordamga muhtojlarni tinçlantiriş, ularga zarur maslahatlarni beriş va kömak körsatiş.
Koronavirus uçun dori hali mavjud emas, ammo öz vaqtida töğri ma'lumotga ega insonni kasallikka qarşi qurollangan deyiş mumkin. Soğayiş uçun oltin oraliqni uşlaş kerak – vahimaga berilmaslik, şu bilan birga kasallikka yengil qaramasligi kerak.
Dasturga koronavirus haqida boşlovçi va tomoşabinlarning savollariga javob beruvçi tibbiyot mutaxassislari taklif etiladi:
Ra'no Qosimova – Soğliqni saqlaş vazirligining Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi
Dildora Sekler – virusolog, molekulyar genetik tadqiqotlar böyiça mutaxassis, tibbiyot fanlari nomzodi
Aziza Xöjayeva – Defactum Laboratories tibbiyot klinikasida klinik immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi
Dastur boşlovçisi – Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov.
Dastur har kuni soat 18:00da «Milliy TV» kanali va Mass-media fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efirda namoyiş etiladi.
Savollarni +998977578080 raqamiga qönğiroq qiliş orqali beriş mumkin.












