«Raqamli Toşkent» kompleks dasturi doirasida Toşkent şahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etiladi. Bu 2020 yil 16 iyuldagi hukumat qarorida közda tutilgan.
«Toşkent şahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan mazkur hujjat bilan «Raqamli Toşkent» geoaxborot tizimi orqali davlat organlari va taşkilotlari ma'lumotlarini yiğiş, qayta işlaş va tahlil qiliş sxemasi, Toşkent şahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etiş reja jadvali, «Davlat organlari va taşkilotlarining özaro elektron hamkorligi tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlangan.
«Qaror asosida Toşkent şahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga oid körsatkiçlarini töplaş, qayta işlaş, tahlil qiliş va saqlaş, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni har tomonlama baholaş, muammolarni hal qiliş qiyosiy baholaş, tendensiyalar, strategiyalar, prognozlar, voqea-hodisalarni rivojlanişiga oid dastur va rejalarni aniqlaş, jamoat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning bartaraf etiş maqsadida mas'ul rahbarlarga axborot-tahliliy kömaklaşiş, davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va boşqa axborot manbalarini integratsiyalaş kabi muhim natijalarga erişiş közda tutilgan.
«Raqamli Toşkent» kompleks dasturi doirasida Toşkent şahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etiş reja jadvali asosida 41 ta banddan iborat çora-tadbir amalga oşiriladi», deya AKT vaziri matbuot kotibi Şerzod Ahmadovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.







