Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 197-5-modda bilan töldirildi.
Uşbu moddada ta'lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki öz xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun javobgarlik belgilab qöyildi.
Ta'lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvçilar bilimini töğri va xolis baholaşiga ta'sir körsatiş bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki ta'lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş - fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan yetti baravarigaça (1 mln 115 ming sömdan 1 mln 561 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa – yetti baravaridan ön baravarigaça (1 mln 561 ming sömdan 2 mln 230 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa - fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yetti baravaridan ön baravarigaça (1 mln 561 ming sömdan 2 mln 230 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa – ön baravaridan ön beş baravarigaça (2 mln 230 ming sömdan 3 mln 345 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu huquqbuzarlik sodir etilganda ta'lim muassasasining pedagog xodimi ma'muriy bayonnoma tuzmasdan öz arizasida huquqbuzarning şaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati töğrisidagi ma'lumotlarni hamda boşqa zarur bölgan ma'lumotlarni körsatgan holda sudga murojaat qiliş huquqiga ega.












