Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi öqişni köçirmoqçi bölgan talabalar uçun jarayonning tartibini ma'lum qildi. Unga köra, xorijiy OTMlarda onlayn öqiyotganlar öqişni respublikadagi oliy ta'lim muassasalariga köçira olmaydi.

Oliy ta'lim vazirligi e'lon qilgan röyxatda quyidagi tartiblar tasdiqlangan.

Kunduzgi ta'lim şaklida öqiyotganlar öqişni OTMlardagi kunduzgi, sirtqi va keçki ta'lim şaklidagi yönalişlarga köçirişlari mumkin. Maxsus sirtqi va qöşma ta'lim dasturidagi ta'lim şaklidagi yönalişlarga esa kunduzgi ta'limdan öqişni köçirib bölmaydi.

Qöşma ta'lim dasturlari asosida ta'lim olayotganlar ta'limni boşqa OTMga köçira olişmaydi. Keçki ta'limda öqiyotganlar boşqa OTMning faqat kunduzgi va sirtqi yönalişlariga öqişni köçirişlari mumkin. Keçki ta'limda öqiyotganlar faqat bir OTM doirasida boşqa fakultetning keçki yönalişiga ta'limni köçirişi mumkin.