Xabar qilinişiça, Andijon viloyatining Şahrixon tumanidagi «Yakka tut» MFY mansabdor şaxslari tomonidan kam ta'minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqaroga asossiz ravişda moddiy yordam pullari tölab berilişi oqibatida 82,2 mln söm budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan MFY mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «a,v,g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Tergovga qadar tekşiruv Departamentning Şahrixon tuman bölimi tomonidan viloyat Davlat moliyaviy nazorat boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan.

Toşloqda kadastr xodimi va loyiha muhandisi 400 dollar bilan uşlandi

Toşloq tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi mutaxassisi M.M. Özbek davlat yer tuziş-ilmiy loyihalaş instituti «Özdaverloyiha» Farğona filiali muhandisi Yu.Ğ. bilan oldindan til biriktirib, «M.F» dehqon xöjaligi rahbari A.A.dan yangi qurilgan bino va inşootlarni kadastr hujjatlarini tayyorlab beriş, yer loyiha çizma hujjatlariga qöşimça yer ajratib beriş va tuman hokimining qarorini çiqartirib beriş evaziga 400 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Holat yuzasidan bölim mutaxassisi M.M. va bölim muhandisi Yu.Ğ.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Tezkor tadbir Departamentning Farğona şahar bölimi tomonidan ötkazilgan.

Hazoraspda 8 ming dollar evaziga yer ajratib berişni va'da qilgan firibgar uşlandi

Xorazm viloyati Hazorasp tuman hokimligi quriliş bölimi yetakçi mutaxassisi J.N. fuqaro O.B.ga Tuproqqal'a tumani «Obod» mahallasi hududidan tuman hokimligi zaxirasidagi böş yer maydonidan 1 200 kv.m. yer uçastkasini Hazorasp tuman hokimligi hamda tuman yer tuziş va davlat kadastri bölimida işlovçi tanişlari orqali ajratib berişi evaziga 8 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Holat yuzasidan bölim yetakçi mutaxassisi J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Tezkor tadbir Departamentning Hazorasp tuman bölimi tomonidan DXX bilan hamkorlikda ötkazilgan.