Pandemiyani jilovlaşda jasorat körsatgan fidoyilar taqdirlanadi – Prezident
|00:56 / 24.07.202028 6722 min
Özbekistonda pandemiya davrida jasorat körsatgan fidoyi şifokorlar va boşqa soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda bugungi videoselektor yiğilişida Şavkat Mirziyoyev ma'lum qilgan.
Prezident xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olib, koronavirusni davolaş strategiyasi va taktikasi yangilangani, tibbiyot oliy öquv yurtlari va kollejlari professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlar va pensiyaga çiqqan mutaxassislar orasidan jami 5 mingta vraç hamda 9 mingta hamşira bemorlarni davolaş va maslahat berişga jalb etilgani qayd etildi.
«Şu örinda öz hayoti va soğliğini xavf ostiga qöyib, kasallikka qarşi mardona kuraşayotgan fidoyi şifokorlarimizga har qança rahmatlar aytsak, arziydi. Bugun koronavirus pandemiyasi şaroitida aholi salomatligini muhofaza qiliş va hayotini asraş, yurtimizda infeksiyani jilovlaşda ulkan jasorat va fidoyilik namunalarini körsatgan bir guruh tibbiyot, içki işlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boşqa taşkilotçilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlaş töğrisidagi Farmonni imzoladim», degan davlat rahbari.
Oldinda bunday mukofotlar köp bölişi ta'kidlangan. Bu kuraşda özini ayamay mehnat qilayotgan barça tibbiyot xodimlari albatta munosib taqdirlanişi ma'lum qilingan.
«Biz pnevmoniyani davolaşda nafaqat özimizning şifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakçi mutaxassislarni konsultatsiya berişga jalb qilyapmiz. Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolaş jarayonlarida bevosita iştirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boşqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qiliş böyiça iş olib boryapmiz», degan Şavkat Mirziyoyev.