Tojikiston poytaxtida telefon orqali özini Duşanbe meri Rustam Imomali, ba'zida uning yordamçisi deb taniştirib, turli şaxslarni çuv tuşirib yurgan şaxs qölga olingan. Soxta «mer» oxirgi marta Duşanbedagi universitet dekanlaridan birini çuv tuşirgan.

Markaziy televideniyeda namoyiş etilgan maxsus körsatuvda Tojikiston Içki işlar vazirligi xodimlari mamlakat poytaxtida telefon orqali özini ba'zan Duşanbe şahar hokimi, ba'zan uning jiyani sifatida taniştirib, odamlarni aldab yurgan 25 yoşli Sorbon Yoqubovni hibsga olgani haqida xabar berilgan.

Maxsus körsatuvda ma'lum qilinişiça, Sorbon Yoqubov 2013 yil kontrakt tölay olmagani uçun öqişdan haydalgan bu şaxs 2017 yil sentabr oyida ilk marta Duşanbe şahar hokimi nomidan foydalanib, qalloblikka qöl urgan. Şundan söng u bu işni kasb qilib olgan. Yuz körinişidan tanib qolmasliklari uçun u öz «qurbonlari» bilan asosan telefon orqali muloqot qilgan. 

Suriştiruvlarda ma'lum bölişiça, soxta «mer» 2018 yildan 2020 yil mart oyigaça birgina Pedagogika universiteti dekani Şarif Rahmonovdan firibgarlik yöli bilan 186 ming somoniy (18 ming dollar) va «Opel Astra» rusumli avtomaşinani olgan. Ma'lum bölişiça, u dekanni Ta'limni nazorat qiliş davlat komissiyasiga işga kiritib qöyişni va'da qilgan.

Bu Tojikistonda firibgarlar prezident va uning oila a'zolarining ismini öz maqsadlari uçun foydalangan birinçi holat emas. Joriy  yilning iyun oyida Duşanbe şahrining Firdavsiy tuman sudi yoş tojik aktyori Behruz Saidni katta miqdordagi mulkka ega böliş uçun tovlamaçilik qilganlikda ayblab, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Behruz Said ikki nafar tadbirkorga özini Rustam Imomalining yordamçisi sifatida taniştiradi va ulardan aslida bölmagan «dösti»dan olgan 100 ming dollar qarzni zudlik bilan qaytarişni talab qiladi.

2015 yilda Duşanbe şahridagi xalqaro maktabning 10-sinf öquvçisi xuddi şunday firibgarlik uçun hibsga olingan edi. U özini mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning öğli deb taniştirgan va katta miqdorda pul undirgan. Özini Somon Imomali (Tojikiston prezidentining 1998 yilda tuğilgan şu ismli öğli bor) deb atagan Xuşdil Qurbonov firibgarlik yöli bilan katta miqdordagi pullarni özlaştirgani yetmaganday, «prezidentning öğli» sifatida amaldorlarga noqonuniy buyruqlar berib kelganligi aniqlangan.

Ma'lumot uçun, Tojikiston prezidentining töqqiz farzandi bor. Ulardan yetti nafari qiz (Firuza, Ozoda, Ruhşona, Taxmina, Parvina, Zarina, Farzona) va ikki nafari öğil (Rustam, Somon).