Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 11 mart kuni COVID-19’ni pandemiya deb e'lon qilgaç, butun dunyo fond birjasida qulaş kuzatildi va Dou Jons indeksi (aksiyalar dinamikasi) 1987 yildan beri eng katta pasayişga duç keldi.
Ammo ayrim kompaniyalarning aksiyalari nafaqat zarar körmadi, balki aksinça, barqaror ravişda ösdi. Bular – vaksina, dori-darmon va virusga tahlil töplamlarini işlab çiqarayotgan tibbiyot kompaniyalaridir.
Ötgan vaqt mobaynida virusga qarşi kuraşayotgan uşbu kompaniyalarning aksiyalari sezilarli darajada ösib, yangi milliarderning paydo bölişiga va yana kamida töqqiz nafar milliarderning boyligi oşişiga sabab böldi.
Yangi milliarder – Kembrijdagi «Moderna» kompaniyasi boş direktori Stefan Bansel böldi.16 mart kuni kompaniya COVID-19’ga qarşi vaksinasini insonlarda sinab körişni boşlaganda Banselning boyligi taxminan $720 mln edi. Şundan söng «Moderna» aksiyalari 103 foizga oşdi va uning boyligi taxminan $1,5 mlrd dollarga aylandi.
Fransiya fuqarosi bölgan Bancel 2 aprel kuni ilk bor milliarderlar safida qayd etilganda, uning kompaniyasi vaksinalaşning 2-bosqiçini boşlaşni rejalaştirayotgani haqida xabar berildi.
Boyligining ösiş hajmi foizlari böyiça Bansel birinçi bölsa, ikkinçi örinda italiyalik tadbirkor, DiaSorin biotexnologiya kompaniyasining 45 foiz uluşi egasi Gustavo Denegri turibdi. Uning boyligi 32 foizga yoki $1,1 mlrd dollarga oşgan.

Agar foizlarda emas, pulda taqqoslasak, BioMérieux diagnostik test işlab çiqaruvçi kompaniya asosçisi fransiyalik Alen Mere va Janubiy Koreyaning Celltrion farmatsevtika kompaniyasi egasi So Çon-Çin eng boy odamga aylanişdi.
Koronavirusni taşxislovçi töplamlari bilan har ikki tadbirkor 11 martdan buyon 1,5 mlrd dollarga boyigan.
Boyişiga koronavirus yordam bergan ön nafar milliarderdan faqat 2 nafari amerikaliklardir. Ular – Nyu-Yorkdagi Regeneron farmatsevtika firmasining rahbarlari Leonard Şleyfer va Jorj Yankopuloslardir.
11 martdan beri koronavirusni yengişda izlanayotgan «tibbiyotçi» milliarderlarning umumiy boyligi 7 mlrd dollarga ösdi.








