Pandemiya sabab 2020 yil Qurbon hayiti uçun möljallangan jonivorlarning Saudiyaga keltirilişi va soğliği yuzasidan yangi tartiblar joriy etildi. Bu haqda Gulfnews yozmoqda.

Manbada aytilişiça, qurbonlikka möljallangan hayvonlarning göşti egalariga yetkazilgunça olib kelinayotgan mamlakatning özida tekşiruvdan ötkaziladi. Saudiya Arabistoni davlat agentligi xabariga köra, qurbonlikka keltiriladigan jonivorlarning xavfsizligiga işonç hosil qiliş uçun qat'iy tibbiy qoidalar belgilab çiqildi.

Saudiya Arabistoni qurbonlik göştidan foydalaniş dasturiga ba'zi qöşimçalar kiritildi. Jumladan, Fors körfazi hamkorlik kengaşining 6 a'zo mamlakati hayvonlarni Saudiya Arabistoniga keltirişdan oldin amaldagi veterenariya va karantin qoidalariga muvofiq tekşiruvdan ötkazişi majburiy qilib qöyildi. Agentlik xabariga köra, barça qurbonlik hayvonlari muqaddas Makka şahridagi Saudiya Arabistoni atrof-muhit, qişloq va suv xöjaligi vazirligi kuzatuvida böladi. Jonivorlar olib kelingan mamlakatidan Jidda portigaça maxsus karantin qafaslarida böladi va ruxsat berilgandan söng Saudiyaga kiritiladi.

Şuningdek, bunday hayvonlar söyiş uçun tozalanişidan oldin keng qamrovli tekşiriş uçun saralanadi. Ularning soğlomligi va şariatning qurbonlik jonivorlari uçun qonunlariga mos ekanligini nazorat qiliş uçun quşxonalarda körikdan ötkaziladi. Hayvonlar göştini muzlatkiçlarga joylaştirişdan oldin ularning içki qismlari veterinarlar tomonidan tekşiruvdan ötkaziladi. Tayyor göştlar imkoniyati çeklangan, noçor oilalarga tarqatiladi. Göştlarni yuklaş jarayonida uning xavfsizligi va gigiyena qoidalariga muvofiqligiga işonç hosil qiliş uçun muhim me'yorlar qabul qilingan.

Agentlik qurbonlik jonivorlarining xaridida hayvonlarning soğliği bilan boğliq qoidalarga beparvo bölgan litsenziyasiz fermalardan jonliq sotib olmaslik uçun şoşilinç ogohlantiriş berdi. Agentlikning uşbu loyihasi Saudiya Arabistoni tomonidan taklif qilingan qurbonlik xizmatlaridan foydalaniş qulay bölgan www.adahi.org veb saytini tavsiya qildi.

Qurbon hayiti davomida imkoniyati yetgan musulmonlar mol, tuya, qöy, eçki kabi hayvonlarni qurbonlik qiladilar. Barça musulmonlar bu farz Ibrohim alayhissalomdan qolganligi va u Allohning buyruği bilan öz öğli Ismoilni qurbonlikka berganligini yodga oladilar. Öşanda Ibrohim va Ismoil payğambarlar muqaddas buyruqqa böysunadilar va şu uçun Alloh mukofot sifatida ularga qurbonlik uçun qöçqor yuboradi.

Qurbonlik qiliş marosimi Qurbon hayitining 4 kuni davomida ötkaziladi. 2020 yilda Iyd al-Adha, ya'ni Qurbon hayiti 31 iyulga töğri kelişi kutilmoqda.