Odatda bunday farqni «yopiş» juda qiyin. Biroq ayni paytda AQŞning siyosiy madaniy iqlimi «normal»dan juda uzoq. Şu sababli, Demokratik partiya ma'muriyati 2016 yil saylovlarida bölgani kabi, ijtimoiy sörovnomalarni yöqqa çiqarib, Tramp ikkinçi marta ham ğalaba qozonişidan qörqmoqda. Partiya amaldorlari, şuningdek, Bayden «Tramp saylovlarni bilvosita öğirlaşi»dan va buning ortidan yuzaga keladigan siyosiy inqiroz xavfidan ham çöçimoqda.

Na epidemiya, na iqtisodiyot boşqara olindi

Tramp ma'muriyati na Covid-19 epidemiyasini, na u bilan yaqindan boğliq bölgan iqtisodiy inqirozni boşqara oldi. Iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat berişga harakat qilingudek bölsa, epidemik vaziyat yomonlaşmoqda. Covid-19 epidemiyasi oğirlaşgani sayin esa iqtisodiyot ham oqsay boşlamoqda.

Covid-19 pandemiyasi şiddat bilan davom etmoqda, 26 iyul kuni kasallikka çalinganlar soni 4 milliondan, vafot etganlar soni esa 147 mingdan oşdi. Aprel-iyun oylarida virusga çaliniş bilan boğliq holatlar soni 1 milliondan 2 milliongaça çiqişi uçun 45 kun kerak bölgandi. Raqamlarning 3 milliondan 4 milliongaça yetişi uçun esa atigi 27 kun kifoya qildi. Kunlik ölimlar soni iyun oyi boşidan beri birinçi marta 21 iyul kuni mingdan oşdi. Qisqasi, ma'lumotlar epidemiya nazoratga olinmaganini körsatmoqda. Tramp uzoq vaqt sukut saqlaganidan söng, nihoyat 23 iyul kuni yana matbuot anjumani ötkazdi va u ilk bor niqob taqqan holda köriniş berdi. «Afsuski, vaziyat yaxşilanişga ulgurmay turib, yana yomonlaşadi», dedi u.

Mart-aprel oylarida AQŞ iqtisodiy faollik indeksi 100dan 30gaça pasayib ketdi. Tramp ma'muriyati ştatlarda Covid-19 çeklovlarini yumşatiş orqali iqtisodiyotni qayta oçişga majbur böldi va may-iyul oylarida nisbatan tiklaniş kuzatildi. Biroq may-iyun oylarida sekinroq sur'atda bölsa-da, tiklana boşlagan indeks 60dan biroz pastga tuşgaç, Covid-19 inqirozi çuqurlaşişi ortidan yana töxtab qoldi. Şu bois 24 iyul holatiga qaralganda ham 60dan oşa olmagandi. Uşbu ma'lumotlarni keltirgan Financial Times tadqiqotlari iste'molçi işonç indeksidagi pasayiş va işsizlik nafaqasi oliş uçun arizalar sonining kamayiş ortidan tiklaniş yakuniga yetdi, deb fikr bildirgandi. 23 iyun kuni Bloomberğda naşr etilgan bir tadqiqotda ham tiklaniş töxtagani, iqtisodiy ahvol yomonlaşayotgani, ikki tomonli (W) retsessiya ehtimoli kuçayayotgani ta'kidlandi.

Keskinlaşayotgan vaziyat saylovçilarga ta'sir ötkazmoqda

REUTERS

Iqtisodiy va soğliqni saqlaş tizimidagi inqirozi tufayli yuzaga kelgan xavotirlar saylovçilarning tanloviga ta'sir qilmoqda. Iyul oyida ötkazilgan 10ta asosiy ijtimoiy sörov (RealClear Politics) natijalariga köra, Bayden Trampdan 15 ball (Kvinnipak universiteti) va 8 ball (Fox News) oldinda bormoqda. 24 iyulda e'lon qilingan The Economist/YouGov jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan sörov natijalariga köra esa Bayden 8,7 ball oldinda.

24 iyul kuni ötkazilgan ommaviy sörov natijalarining delegatlar soni böyiça natijalarini aks ettirgan Financial Times gazetasining modeli ham Baydenning delegatlar sonini 308, Trampning delegat sonini esa 131 deb körsatdi. Örtadagi delegatlar soni 99ta (mustaqillar). Qisqasi, Tramp örtadagi barça vakillarni qölga kiritgan taqdirda ham ğalaba qozoniş uçun talab qilinadigan 270 vakilga ega böla olmaydi.

Bu Bayden uçun juda katta ustunlik. Ammo mamlakatda favqulodda şaroitlar hukm surmoqda. Bunday vaziyatda jamoatçilik fikri sörov natijalarida noaniqlik sifatida aks etişi mumkin. Covid-19 epidemiyasidagi iqtisodiy inqiroz va ijtimoiy noroziliklar şaroitida saylovçilar öz qarorlarini tez-tez özgartirişlari yoki ijtimoiy sörovlarda öz fikrlarini oçiqçasiga ifoda etmasliklari mumkin.

Darhaqiqat, CATO instituti tomonidan ötkazilgan tadqiqotda, saylovçilarning 62 foizi siyosiy muhit ularga öz fikrlarini erkin ifoda etişiga imkon bermasligini aytişdi. Bu körsatkiç demokratlarda 52 foiz, mustaqillarda 59 foiz, respublikaçilarda esa 77 foiz.

2016 yilgi saylovlarda demokratik partiya ma'muriyatining «oğzi kuygan», şu bois «qatiqni ham puflab içiş»ga, jamoatçilik sörovlariga esa şubha bilan qaraşga yetarli darajada sabablar bor. Biroq ularning qörquvlariga Tramp va respublikaçilar partiyasining 2020 yilgi saylovlarga bölgan yondaşuvi köproq sabab bölmoqda.

Tramp va respublikaçilar partiyasi ijtimoiy sörovlarda namoyon böla boşlagan natijalarni teskarisiga aylantira olmasliklarini öylab, saylov natijalarini boşqa yöllar bilan aniqlaş maqsadida AQŞda liberal demokratiyaning kelajagi uçun öta xavfli taktikalarni joriy etişni boşladi.

AFP

Demokrat partiya saylovçilarini «qörqinçli tuş» kutmoqda

Tramp bir munça vaqtdan beri 3 noyabr kuni bölib ötadigan saylovlarning ehtimoliy oqibatlariga «Buyuk hiyla» iddaolari bilan soya solişga harakat qilmoqda. Tramp va respublikaçilar, ayniqsa, evangelist diniy ozçiliklar, oq tanli millatçi irqçilar saylovçilar soni oşgan sari muvaffaqiyat qozoniş imkonlari pasayişiga işonişmoqda. Şuning uçun qora tanli saylovçilar köp bölgan mintaqalarda saylovçilar iştirokini kamaytirişni maqsad qilmoqdalar.

Covid-19’dan himoyalanişni istagan saylovçilar poçta orqali ovoz berişga moyil böladi. Uşbu segmentda Tramp tarafdorlaridan farqli ölaroq, Covid-19 epidemiyasini jiddiy qabul qilayotgan qariyalar, ta'lim körgan va demokratik partiyani qöllab-quvvatlaydigan saylovçilar köpçilikni taşkil qiladi. Şu sababli, Tramp korrupsiya va hiyla ayblovlari bilan poçta orqali ovoz berişning oldini olişga harakat qilmoqda. Biroq bugungi kunga qadar ötkazilgan barça tadqiqotlar şuni körsatadiki, poçta orqali ovoz beriş amaliyoti aldamçi emas, balki, aksinça, xavfsiz hamdir.

The Atlantic jurnalida çop etilgan keng qamrovli tadqiqotga köra, köplab ovoz beriş qutilarida poçta orqali yuborilgan aksar saylov byulletenlari turli sabablarga köra bekor qilingan. Poçta orqali kelişi kerak bölgan saylov byulletenlari saylovçilarga yetib bormagan yoki poçta tölaqonli xizmatni amalga oşirmagani ovozlar uçun öz vaqtida sanaş jarayoniga yetkazib berilmagan. Covid-19 epidemiyasi tufayli qöyilgan ijtimoiy masofa talabi ham navbatga turiş va ovoz beriş jarayonlarining soatlab uzayişiga olib keldi. 3 noyabrdagi saylovlarning noqulay ob-havo şaroitida bölib ötişini hisobga olsak, poçta orqali ovoz beriş, ayniqsa, demokratik partiya saylovçilari iştiroki nuqtayi nazaridan qançalik muhimligini köriş mumkin.

Ammo barça partiyalar nomzodi e'lon qilinmay turib, saylov byulletenlari naşr etilmaydi. Agar biror-bir partiya nomzodini e'lon qilişni biror sababga köra keyinga sursa, saylov byulletenlarining öz vaqtida saylovçiga poçta orqali yetib borişi qiyinlaşişi mumkin. The Atlantic muallifining ta'kidlaşiça, 3 noyabr kuni demokrat partiya saylovçilarini «qörqinçli tuş» kutmoqda.

REUTERS

Saylovçilarni qutblaştiriş

Tramp va respublikaçilar partiyasining yana bir taktikasi demokratik partiya nazorati ostidagi şaharlarning tartibini, «Black Lives Matter» (Qora tanlilarning hayoti qadrlidir) harakatining norozilik namoyişlarini Amerika uçun tahdid sifatida baholaşdan iborat. Tramp şu yöl bilan an'anaviy yirik şaharlar va qişloq hududlari qutblaşuvini yanada çuqurlaştirişni maqsad qilmoqda. Ta'kidlaş joizki, bu usul 2016 yilgi saylovlarda ham iş bergandi.

Köplab şarhlovçilar keyingi kunlarda Tramp «anarxistlar» bilan kuraşiş niqobi ostida, aslida esa heç bir isbot-dalilni örtaga qöymay, demokratlar tomonidan boşqariladigan şaharlarga favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça federal agentlik (FEMA – Federal Emergency Management Agency), Milliy xavfsizlik taşkiloti (Home Land Security), çegarani qöriqlaş politsiya taşkiloti kabi xavfsizlik kuçlarini jönatişni boşlaganini şu ma'noda izohlamoqda.

Konservativ matbuot «falokat», «uruş maydoni», «mamlakatimizni yomon köradiganlar» kabi iboralar bilan qutblaniş muhitini yanada kuçaytirişga harakat qilmoqda, ayni paytda federal hukumatning «militsionerlari» (şaxslarini tasdiqlovçi heç bir ma'lumot yöq) odamlarni köçalardan haydaşmoqda, ularni raqamsiz maşinalarda solib olib ketişmoqda. Tramp Minneapolisda (Oregon) boşlagan aralaşuvini boşqa şaharlarga ham yönaltirmoqda va bu yerlardagi ahvol «Afğonistondan ham yomonroq» ekanini aytmoqda.

Şunday qilib, Tramp ma'muriyati şaharlarni «jang maydoni», AQŞ duşmanlarining markazi (qora tanlilar va muhojirlar) deb nomlaş orqali şahar-qişloq qutblanişini çuqurlaştirişga intilmoqda. Biroq sönggi yillarda şakllangan, umumiy ma'lumotli, oq «şahar muhiti» (suburb) Covid-19 va qora tanlilar harakati masalasida qa'iy pozitsiyaga ega böla olmayapti. Darhaqiqat, Bayden tomonidan olingan yangi ovozlar qora tanlilardan köra köproq uşbu oq tanli ma'lumotli qismdan keladi.

Ikkinçidan, federal hukumat kuçlari maydonga kirişi ortidan Minneapolisda ularga qarşi «onalar devori» deb nomlangan qarşilik şakli paydo böldi. Köplab şarhlovçilar onalariga qarşi çiqqan siyosatçilarning buning badalini qisqa vaqt içida tölaşiga işonmoqda.

Qisqasi, aytiş mumkinki, qutblantiruvçi taktikalar irqçi diniy guruhlarni rağbatlantirişdan va Trampni «oq millatçilik» sohasiga olib borişdan boşqa işga yaramaydi.

Federal hukumatning xavfsizlik kuçlarini şaharlarga kiritişi ortida esa Washington Post gazetasida Daniel Drezner ta'kidlaganidek, «saylov natijalarini nazorat qilişda katta şaharlarning köçalarini boşqariş», yuzaga kelişi mumkin bölgan ijtimoiy muxolifatni bostiriş ham yotibdi.