Oregon ştati rahbariyati va Kongress yetakçilari Trampdan namoyişlarni tinçitiş uçun Portlendga yuborilgan maxsus kuçlarni çaqirib olişni talab qilişmoqda. Oq uy rahbari esa javob tariqasida AQŞning boşqa hududlariga ham bunday qöşinlarni yuborişini aytdi.
Yuzi yopiq va heç qanday belgisiz liboslardagi maxsus bölinma iyul oyi boşidan Oregon ştatining yirik şaharlaridan biri Portlendda namoyişlarni tinçitiş bilan band.
Maxsus topşiriqlarni bajaruvçi bu harbiylar AQŞ içki xavfsizlik vazirligi tasarrufiga kiradi va unga turli harbiy bölinmalarda xizmat qilgan askarlar qabul qilingan. Bir neça hafta davomida ular Portlenddagi okrug sudini himoya qilib, şahar böylab raqamsiz mikroavtobuslarda patrul uyuştirişmoqda. Bu «noma'lum askarlar» libosida faqat «Politsiya» yozuvi bor, ammo Amerikada qabul qilingan qoidalarga zid tarzda liboslarda na ismlar va na maxsus bölinma nomi körsatilgan.
«Noqonuniy qölga olişlar»

Bu «noma'lum qöşin» katta mojarolarga sabab böldi. Mahalliy hokimiyat Tramp askarlarni ortga qaytarişini talab qilmoqda. Ularning fikriça, köçalarda qaysi bölinma askari ekani ma'lum bölmagan yuzi yopiq askarlarning yurişi namoyişçilarni faqat ğazablantiradi.
Oregon ştati prokurori allaqaçon AQŞ içki xavfsizlik vazirligi ustidan odamlarni noqonuniy va agressiv tarzda qölga oliş ayblovi bilan iş oçgan. Sudga murojaat qilgan ba'zi huquq faollari bu harakatlar odam öğirlaş bilan teng ekanini iddao qilgan. Tramp esa ularni «ajoyib askarlar» deb atab, namoyişlar töxtamayotgan qolgan hududlarga ham şunday guruhlarni yuborişini aytmoqda.
Tramp bu «noma'lum qöşinlar»ni yuborişni maqsad qilayotgan hududlar orasida Nyu-York, Çikago, Filadelfiya, Detroyt, Baltimor va Oklend bor. Bu şaharlarda Trampga muxolif bölgan demokratlar ustunlik qiladi. Trampning aytişiça, ular ştatlarini «ahmoqona tarzda boşqarişmoqda».
Nega aynan Portlend?

Portlendda irqiy kamsitiş va politsiyaning zöravonligiga qarşi namoyişlar 25 maydan buyon davom etmoqda. Jorj Floyd öldirilgan kundan boşlab bu şaharda namoyişlar töxtagani yöq. Namoyişlarning birinçi tölqini tugagaç, odamlar kunduzi asosan tinç namoyiş ötkaza boşlaşdi. Keçasi esa radikal xarakterdagi odamlar bezorilik, hatto talonçilik bilan şuğullanişdi. Tramp bölib ötayotgan bu namoyişlar Floydning ölimiga aloqador emasligi, radikallar undan foydalanayotganini köp marta ta'kidladi.




















