Buyuk Britaniya hukumati aholining velosipedda harakatlanişini qöllab-quvvatlaş uçun 2 mlrd funt sterling (2,19 mlrd yevro) mablağ sarflaydi.
Duşanba kuni e'lon qilingan rejaga köra, mamlakatda ming kilometr uzunlikdagi veloyölaklar quriladi, velosiped minişni örgatiş dasturlari joriy etiladi, elektrovelosipedlarni sotib oliş osonlaştiriladi. Bundan taşqari, eski velosipedi bor fuqarolarga uni ta'mirlaş uçun 50 funt miqdorida vauçer taqdim etiladi.
Birlaşgan Qirollik soğlom turmuş tarzini rağbatlantirmoqçi va transport sohasida zararli moddalar ajralişini butunlay töxtatgan dunyodagi birinçi davlat bölmoqçi.
Buyuk Britaniya hukumati şuningdek, aholi orasida semirişga qarşi kuraşiş kampaniyasini ham boşladi. Britaniya vazirlar mahkamasi semirişni "sekin ta'sir qiluvçi bomba" deb atadi.
Endilikda televideniye va internetda soat 21:00gaça fastfudni reklama qiliş taqiqlandi, xodimlari 250 nafardan ortiq bölgan restoran va qahvaxonalar tarmoqlari esa menyudagi taomlar kaloriyasini körsatişi şart etib qöyildi.
Avvalroq San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotçilari qandli diabet kasalligi bölgan bemorlar COVID-19dan boşqalarga nisbatan 12 marta köproq vafot etişlarini aniqlagandi.












