Innovatsion rivojlaniş vazirligi axborot xizmati xabar berişiça, ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toşkent şahri sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlari laboratoriyalariga hamda respublika sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligiga topşirildi. Qolgan 60 mingta testni boşqa viloyatlarga çiqariş rejalaştirilgan.

Ma'lum qilinişiça, Ilğor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan yaratilgan test tizimini markaz startaplaridan biri bölgan «Biotest-LAB» tomonidan ommaviy işlab çiqariş yölga qöyilgan.

«Hozirgi kunga kelib respublikada test topşirişga kunlik 20 mingta talab mavjud. «Biotest-LAB» startapi har hafta 100 mingtagaça test tizimini işlab çiqariş quvvatiga ega.

«Biotest- SARS-CoV-2» reagentlar töplami COVID-19’ni qözğatuvçi SARS-CoV-2’ning RNKsini real vaqt rejimida PZR usulida burun-halqum şilliq pardasida aniqlaş uçun işlab çiqilgan. Mahalliy PZR test tizimiga reaksiyalarning sifatini tekşiruvçi körsatkiçlar ham kiritilgan. Bu ekspress-test emas, balki tölaqonli test bölib, natijalar 5-6 soatdan keyin aniq böladi hamda faqat maxsus laboratoriyalarda qöllaş mumkin», deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq Ilğor texnologiyalar markazi biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlaş böyiça test tizimi işlab çiqilgani va 50 mingta test tizimini işlab çiqariş imkoniyati mavjudligi ma'lum qilingan edi.