Özbekistonda har kuni ötkaziladigan koronavirus aniqlaş böyiça PZR testlari soni sönggi kunlarda örtaça 45−50 mingtagaça ösdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga asoslanib, SSV matbuot xizmati xabar berdi.

5−15 yanvar kunlari jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi ötkazilgan. 2021 yil dekabr oyining oxirgi haftasida mamlakatda kuniga 15−20 mingta şu kabi test tahlillari ötkazilgan.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalişining dinamikasiga nazar taşlasak, joriy yil 5 yanvardan boşlab aholi örtasida kasallaniş körsatkiçlari ortib borayotganini köriş mumkin. 

Şu sababli yurtimizda virusning keng tarqalişiga yöl qöymaslik maqsadida kasallikka gumon qilingan şaxslardan PZR-test tahlillarini oliş işlari samarali taşkil etilyapti.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga köra, joriy yil 5-15 yanvar kunlari mamlakatimizda jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi ötkazilgan.

Sönggi kunlarda esa kuniga örtaça 45-50 ming nafarga yaqin fuqarodan PZR-test olinmoqda. 

Ma’lumot uçun, ötgan yil dekabr oyining oxirgi haftasida yurtimizda kuniga 15-20 mingta ana şunday sinama tahlillari ötkazilgan», deyiladi xabarda.

Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik xizmati poytaxtdagi koronavirus infeksiyasiga bepul PZR test topşiriş mumkin bölgan laboratoriyalar manzilini e’lon qilgandi:

  • Toşkent şahar boşqarmasi laboratoriyasi — Olmazor tumani, Qorasaroy köçasi, 341-uy;
  • Uçtepa tumani bölimi laboratoriyasi — Uçtepa tumani, Çilonzor 21;
  • Sergeli tumani bölimi laboratoriyasi — Sergeli tumani, Sergeli 3−14;
  • Çilonzor tumani bölimi laboratoriyasi — Çilonzor tumani, Lutfiy-4−14;
  • Yunusobod tumani bölimi laboratoriyasi — Yunusobod tumani, Yunusobod 8−34;
  • Mirzo Uluğbek tumani bölimi laboratoriyasi — Mirzo Uluğbek tumani, Qarmoq köçasi, 1 A-uy;
  • Bektemir tumani bölimi laboratoriyasi — H.Boyqaro köçasi, 48-uy;
  • Mirobod tumani bölimi laboratoriyasi — Saraköl köçasi, 76-uy;
  • Şayxontohur tumani bölimi laboratoriyasi — Xadra massivi, 17 A-uy;