AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Robert ÖBrayyen COVID-19ga çalindi, deb xabar berdi Politico naşri öz manbasiga tayanib.

 ÖBrayyenning infeksiya yuqtirib olgani haqida Reuters, Blooomberg va CNN ham xabar bergan.

Keyinroq CNBC telekompaniyasi ÖBrayyenda kasallikning «yengil alomatlari» borligini va u milliy xavfsizlik kengaşi işini uyidan turib boşqarayotganini ma'lum qildi.

Politico naşrining qayd etişiça, ÖBrayyen Tramp ma'muriyatidagi COVID-19ga çalingan eng yuqori lavozimli amaldordir.

Bloomberg agentligi ÖBrayyen ötgan haftadan buyon işga çiqmayotganligini xabar qilmoqda.

CNN telekompaniyasining ma'lumot berişiça, ÖBrayyen yaqinda Yevropadan qaytgan. U safari davomida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya amaldorlari bilan muloqotda bölgan.