Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oşirişda xarid qiliş tartib-taomillarini taşkil etiş jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda yanada takomillaştiriş çoralari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2021 yil 1 yanvardan:

quriliş sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va quriliş-pudrat taşkilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholaşda ularning elektron reytingi ma'lumotlaridan foydalaniş va boşqa elektron tizimlar bilan integratsiyalaş imkoniyatini hisobga olgan holda, elektron şaklda onlayn rejimida amalga oşiriladi;

quriliş sohasidagi, jumladan, obektlarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş işlari böyiça xarid qiliş tartib-taomillarini taşkil qiliş va ötkaziş, şuningdek, loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaşda xarid hujjatlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş böyiça jarayonlari Özbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari töğrisida”gi Qonuni va “Xarid qiliş tartib-taomillarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom talablariga muvofiq elektron şaklda amalga oşirilişi ta'minlanadi;

budjet buyurtmaçilarning tanlov orqali amalga oşiradigan davlat xaridlari töliq elektron şaklga ötkaziş çoralari köriladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2021 yil 1 yanvarga qadar davlat xaridlari sohasidagi maxsus axborot portali operatorlari bilan birgalikda maxsus axborot portalida quriliş sohasida davlat xaridlarini elektron şaklda ötkazişni nazarda tutuvçi alohida sahifa yaratiş;

tört oy muddatda davlat xaridlari böyiça barça ma'lumotlarni jamlovçi va taşqi axborot tizimlar bilan özaro elektron hamkorlikni ta'minlovçi Davlat xaridlari markaziy axborot portali dasturiy majmuasini (Markaziy axborot portali) yaratiş va uni kuzatuvini ta'minlaş çoralarini köradi.

Belgilab qöyilişiça, nazarda tutilgan Markaziy axborot portalini işlab çiqiş va uni kuzatuvini ta'minlaş Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblaş markazi tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Quriliş vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlari sohasidagi ma'lumotlar almaşinuvini ta'minlaş maqsadida Markaziy axborot portali bilan elektron hamkorlikni amalga oşiriş çoralarini köradi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

agar davlat xaridlari böyiça reja-jadval uç oy oldin maxsus axborot portaliga joylaştirilmagan bölsa, boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun ötkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oşirişda tovarlarni yetkazib beriş muddati yetti kundan kam bölmasligi kerak;

agar xarid qiliş tartib-taomillarini elektron dökon yoki boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun ötkaziladigan auksion orqali amalga oşirişda xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçisi tomonidan taklif qilingan narx davlat buyurtmaçisi tomonidan tanlangan narxdan yoki boşlanğiç narxdan 15 va undan ortiq foizga past bölsa, xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçisi ofertaning yoki e'lonning narxi va taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qöşimça zakalatni xarid predmetining har bir birligi uçun oldindan kiritişi şart, biroq bunda agar ofertaning yoki e'lonning narxi bazaviy hisoblaş miqdorining ikki ming baravaridan oşmaydigan hollarda qöşimça zakalat summasi bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan oşmasligi kerak;

2021 yil 1 yanvardan boşlab davlat xaridlari ijroçisining ta'sisçilari töğrisidagi ma'lumotlar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi axborot tizimlari örtasidagi axborot almaşinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmaçilari bilan tuzilgan şartnomalar reyestriga kiritiladi.