Adliya vazirligining ma'lum qilişiça, «Koronavirus pandemiyasini yumşatiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va salomatligini saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va salomatligini saqlaş böyiça quyidagi keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilangan:

– har bir oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar taşkil qilinadi hamda ular uçun soddalaştirilgan yöriqnoma işlab çiqiladi;

– laboratoriya tekşiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;

– aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil oliş va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni şaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qiliş çoralari köriladi;

– tibbiyot muassasalari örtasidagi axborot almaşiş tizimi soddalaştiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boşqa qoğozbozliklar bilan boğliq jarayonlar elektron tizimga ötkaziladi.

Farmonga köra, qişloq vraçlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga çalingan bemorlarga uy şaroitida yordam körsatişning tegişli tartibi joriy qilinadi. Unga köra:

– har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot şifokori va patronaj hamşirasi uçun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oşiriladi;

– har bir tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasida tajribali şifokorlardan iborat bölgan kasallikka çalingan bemorlarni saralaş va evakuatsiya qiliş, davolaş jarayonini monitoring qiliş guruhlari tuziladi;

– Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasida birlamçi böğin şifokorlari bilan tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasining vraçlari operativ maslahatlaşiş va bemorlar ahvolini töğri baholay oliş imkonini beradigan aloqa tizimi örnatiladi;

– oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil keçayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda bölgan şaxslar soni, ahvoli, şuningdek davolaş muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik keçiş dinamikasi töğrisidagi ma'lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasining oilaviy poliklinikalar böyiça koordinatoriga yetkazib boradi;

– uy şaroitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy özgarişlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasiga tegişli bölgan tibbiyot muassasalariga yotqiziş çoralarini köradi.

Ta'kidlanişiça, qişloq vraçlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kiçik va örta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot ta'lim muassasalari bitiruvçilari, pensionerlar va boşqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bölgan şaxslar orasidan töldiriladi.

Respublikadagi OTMlarning “Biologiya” ta'lim yönalişini tugatgan bitiruvçilar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi, Toşkent tibbiyot akademiyasi va ularning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vraç-laboranti mutaxassisligi böyiça onlayn tarzda bir oylik qayta tayyorlaş kurslarini ötaydi.

Karantin tadbirlari yakuniga qadar barça tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvçilari 1 yilgaça bölgan muddatga vaziyat oğir bölgan hududlarga jalb qilinadi.

Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazi hududiy bölinmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslaştiriş böyiça bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslar taşkil qilinadi.