Xalq deputatlari Şahrisabz tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Yiğilişda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev sözga çiqib, tumanda amalga oşirilayotgan işlar talab darajasida emasligini ta'kidlagan. Fuqarolar murojaatlari, ta'lim tizimi, yöllar, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş va eksport masalalariga umuman e'tibor qaratilmagani aytilgan.
Tumandagi 30 ta maktablarda isitiş tizimi yöq, 6 tasi ta'mirtalab. Maktabgaça ta'limga qamrov 47 foiz. Prezident qarori bilan bugun viloyatdagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million sömdan naqd pul berilişi boşlangan edi. Uşbu tumanda 1040 nafar ehtiyojmand oila böla turib, bugun uşbu xayrli iş amalga oşirilmadi, deyiladi xabarda.
Sessiya işida taşkiliy masala körildi. Unda tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Isroil Omonov vazifasidan ozod etildi. Uning örniga Muborak tumani prokurori vazifasida işlab kelayotgan adliya maslahatçisi Samad Hasanov tayinlandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning 20 oktabr kuni Xalq deputatlari Şahrisabz tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Isroil Omonov tuman hokimi lavozimiga tayinlangandi.








