Toşkent viloyati Çinoz tumani hokimi Şerzod Salihov avgust oyi boşida obodonlaştirilmagan deb topilgan uylar va mahallalarga «Uyatli xonadon» va «Şarmandali mahalla» plakatini iliş körsatmasini berişi orqali tilga tuşgandi. Uning «Dolzarb 40 kunlik» doirasidagi topşiriği aks etgan video 27-iyul kuni hokimlik kanaliga joylangan, bir neça kun ötib ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylangaç, öçirib yuborilgandi.
Uşbu hokim holat yuzasidan Daryöga izoh berdi. U mahallalarni «Şarmandali mahalla» va uylarni «Uyatli xonadon» toifasiga böliş böyiça heç kimdan topşiriq olmaganini aytgan.
«Bu – özimning taşabbusim. Yiğiliş oxirida agar aytilgan vazifalarni bajarmasalaring, şunaqa qilinadi, deb aytganman. Lekin bu heç qayerda joriy qilinmadi. „Şarmandali mahalla“ degan banner yopiştirilib, yana öşa zahoti köçirib olib ketilgan. Faqat ijtimoiy tarmoqqa çiqariş uçun videoga olingan. Lekin birorta xonadonga, birorta mahallaga osmaganman. Şunaqa böladi degan maqsadda ilib, körsatib, yana qaytarib olib qöyganmiz», – degan hokim.
U uşbu taşabbusdan maqsad «Dolzarb 40 kunlik»da şu yöl bilan «xalqni uyğotib, obodonlaştirişga çorlaş» bölganini ta’kidlagan.
«Men tuman hokimi sifatida öz tumanimni, öz xonadonimni bunday tarzda olib çiqişim özimga ham sal notöğri böladi. Mening maqsadim «mahalla yettiligi»ni şarmanda qiliş emas. Ularni qöllab-quvvatlaş, kötariş, boşini birlaştiriş. Hamma har xil talqin qilyapti buni. Lekin öşa talqin qilayotganlar bir kun kelib hokim bölib, xalq bilan işlasa, vaziyatni tuşunadi. Biz kimningdir uyiga tazyiq bilan kirib emas, tuşuntirib tarğibot qildik. Buni taşviqotning bitta körinişi deb qabul qilişsa, menimça, töğri talqin böladi. Balki sal qöpolroq bölib ketgan bölişi mumkin, buni tan olaman», – deydi Salihov.
Tuman hokimi hamma ham xato qilişini ta’kidlab, aybi bölsa, uzr söraşini aytdi.
«Balki qaysidir joyda sal qöpollaşib ketgandirman. Beayb parvardigor. Aybimiz bölsa, uzrimizni söraymiz. Töğri yölda bölsak, töğrimiz, deb işimizni davom ettiramiz», – degan hokim.
Katta ehtimol bilan, Salihov öz izohida Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov bilan boğliq voqeaga işora qilgan. Hasanov ham «Dolzarb 40 kunlik» doirasida tarqalgan videosi bilan tanilgandi, u öşanda mahallalarga reyd uyuştirib, uylardan biriga kirib borgan va uy egasiga öz uyiga yaxşi qaramagani uçun qattiq tanbeh bergan, jarima qöllaş bilan tahdid







