29 iyul holatiga köra, Tojikistonda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 7320tani taşkil etmoqda, deb xabar berdi mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi. Bir sutkada yana 44 kişida virus aniqlangan.

Pandemiya boşlanganidan buyon Tojikistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 60 nafarga yetdi. 

 6103 kişi (83,3 foiz) kasallikdan butkul soğayib ketdi.

Soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotiga köra, 1121 kişi uyida davolanmoqda, 96 kişi esa şifoxonalarda şifokorlar nazorati ostida bölib turibdi. 

 Mamlakat moliya vaziri Fayziddin Qahhorzodaning sözlariga köra, markaziy ğaznaçilik boş boşqarmasida oçilgan xayriya jamğarmasiga jami 25 mln somoniy (2,5 mln dollarga yaqin) mablağ tuşgan.

 Bu mablağlar koronavirusga qarşi kuraşga yönaltiriladi.