Bugungi zamonaviy dunyoda ana şunday ma'lum haq evaziga yollanib, jang qilayotgan jangçilarni yetkazib beradigan harbiy kompaniyalar bor. Ulardan eng maşhuri «Vagner guruhi» deb nomlanadigan xususiy harbiy kompaniya hisoblanadi. Xususiy harbiy kompaniya va uning jangçilari ham bölar ekanmi, deb ajablanişga hojat yöq. Zamonaviy dunyoda hamma narsa bor. Qolaversa, xususiy harbiy kompaniyalarning aksariyati öz faoliyatini boşqa işlar bilan xaspöşlaşga urinadi.
29 iyul kuni Belarus naşrlarida mamlakatda bir guruh terrorçilar hibsga olingani haqida xabar paydo böldi. Qölga olinganlarning yarmi «Vagner» jangçilari ekani va ular Belarusda yaqinda ötkaziladigan prezident saylovi oldidan qöporuvçilik harakatlarini sodir etişni reja qilgani aytildi. Lukaşenko bu haqda gapirib, Rossiyadan izoh kutişini ma'lum qildi.
AQŞ qora röyxati
«Vagner» norasmiy qurolli tuzilma bölib, OAV uning Rossiyaga tegişli ekani yozadi («ÇVK Vagner»). Uşbu guruh 2014 yildan beri Ukraina şarqida, söng Suriyada va Afrikaning turli hududlarida jangovar harakatlarda qatnaşgani aytiladi. 2017 yil iyun oyida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi AQŞning sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Şundan söng uning umumiy qabul qilingan uşbu nomi ma'lum ma'noda qonuniylaşadi. Çunki öşa röyxatda uşbu taşkilot PMC «Wagner» nomini oladi va qora röyxatda «Ukraina ayirmaçilari» bölimidan joy oladi (Ye.O. 13660 Designations of Ukrainian Separatiss).
«Vagner» tarixi

VITALY TIMKIV/TASS VIA GETTY IMAGES
«Vagner» XHK haqida birinçi marta 2015 yil oktabr oyida tahririyat manzili Sankt-Peterburg şahrida joylaşgan «Fontanka.ru» sayti yozgan edi. Unda ma'lum qilinişiça, 2013 yilda savdo kemalarini qaroqçilardan himoya qilişga ixtisoslaşgan Moran Security Group XHKning rossiyalik menejyerlari Vadim Gusev va Yevgeniy Sidorov «Slavyanskiy korpus» XHKni Hongkongda röyxatdan ötkazadi va «Suriyadagi neft konlari va quvurlarini himoya qiliş» uçun 267 nafar işçini vaqtinçalik mehnat şartnomasi asosida işga yollaydi.
Ular öşanda «yollanma işçilar» niqobi ostida sobiq harbiylarni yiğa boşlaydi va bu yollanma jangçilar Suriyada bölib ötayotgan fuqarolar uruşida hukumat qöşinlari tarafida turib jang qiladi. Oradan biroz ötib Rossiyaga qaytgan «Slavyanskiy korpus» XHK jangçilari va rahbarlari yollanma harbiy xizmat uçun hibsga olinadi va biroz ötib şubhali tarzda ularning hammasi qöyib yuboriladi. Keyinçalik «Slavyanskiy korpus» XHK tarkibida Suriyadagi harbiy harakatlarda iştirok etgan sobiq harbiylarning «izi» Ukraina şarqidagi ayirmaçilar orasidan topiladi. Ulardan biri 2013 yil «Slavyanskiy korpus» XHK tarkibiga ötgunça Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari Boş ştabi boş boşqarmasi maxsus bölinmasi safida xizmat qilgan podpolkovnik Dmitriy Valereviç Utkin edi.
«Vagner» nomi ham Buyuk Britaniyaning The Times naşri ta'biriça, Uçinçi Reyx (faşistlar Germaniyasi)ga bölgan iştiyoqi tufayli Utkin tomonidan tanlangan.
2017 yil avgust oyida Turkiyaning konservativ «Yangi Şafaq» (Yeni Şafak) gazetasida «Vagner»da Utkin faqat nominal şaxs bölişi mumkinligi, bu taşkilotni boşqalar boşqarişi ehtimoli haqida maqola çop etilgan.
Moliyalaştiriş va böysuniş
«Vagner» XHK na huquqni muhofaza qiliş idoralarida va na yuridik şaxslar reyestrida qayd etilgan va uning jangçilari rasmiy xodimlar röyxatida yöq. Rossiyaning The Bell sayti ma'lumotlariga köra, «Vagner» Rossiya qurolli kuçlari Boş ştab boş boşqarmasi tomonidan maxfiy tarzda nazorat qilinadi. Rossiya va Ğarbdagi ayrim tahlilçilarga köra, «Vagner» Rossiya mudofaa vazirligi tarkibidagi yaşirin bölinma bölib, u töğridan töğri Rossiya hukumatiga böysunadi.
The Bell sayti 2015 yilda «Vagner»ning yillik xarajatlarini 5-10 milliard rublgaça baholagan. Bu xarajatlarga yillik iş haqi, bazani köçirib boriş, turar joy va ovqatlaniş, turli uskunalar uçun bir martalik xarajatlar, janglarda halok bölganlarning oilalariga tovon puli tölab beriş kabilar kiradi. «Vagner» tarkibida xizmat qilganlarga pul naqd tölangan va ular heç qayerda rasmiylaştirilmagan. Qurol-yaroq va uskunalar yaşirinça sotib olingan. The Bell saytiga köra, «Vagner» va boşqa XHKlar davlat va «yuqori martabali tadbirkorlar» tomonidan moliyalaştirilgan. Jarayon tepasida asosan davlat buyurtmalari bilan işlaydigan peterburglik taniqli tadbirkor Yevgeniy Prigojin turgan, XHKning ta'minoti bilan uning kompaniyalari şuğullangan.
BBC tarqatgan xabarga köra, «Vagner» XHK tarkibida xizmat qilib 2017 yilda Suriyada halok bölgan Andrey Litvinovning qarindoşlariga öşa paytda 5 million rubl miqdorida tovon puli tölangan. Dafn marosimini taşkil qiliş uçun yana 100 ming rubl qöşimça mablağ berilgan.
Boşqaruv
«Fontanka.ru», BBC va The Bell naşrlariga köra, taşkilot nomidagi Vagner bu – podpolkovnik Dmitriy Utkin bölib, 2013 yilgaça u Rossiya Qurolli Kuçlari Boş ştabi maxsus bölinmasi 2-alohida brigadasining 700-sonli maxsus bölinmasi qömondoni bölgan (uşbu maxsus bölinma Pskov oblasti Peçora şahrida joylaşgan). Iste'foga çiqqaç, Utkin Moran Security Group XHKda işlagan va 2013 yilda «Slavyanskiy korpus» XHK tarkibida Suriyadagi fuqarolar uruşida qatnaşgan.

2016 yilda Dmitriy Utkin Kremlda ötkazilgan «Vatan Qahramonlari kuni»ni nişonlaş marosimida qatnaşadi. Ana şu marosimda bir qator boşqa harbiylar qatorida u ham Vladimir Putin tomonidan «Jasorat» ordeni bilan mukofotlanadi hamda bir guruh harbiylar bilan birgalikda Rossiya prezidenti bilan suratga tuşadi.
Biroz ötib «Vagner»ning 1 va 4-maxsus bölinmalari boşliqlari Aleksandr Kuznetsov hamda Andrey Bogatov, guruhning ijroçi direktori Andrey Troşev ham bölgan öşa fotosurat naşr etilişi mojaroga sabab böladi. Dmitriy Utkinning uşbu tadbirda qatnaşgani bir neça kundan keyin heç bir izohsiz rasman tasdiqlanadi.
2017 yilning noyabr oyida «RBK» naşri Utkinni Yevgeniy Prigojinning «Konkord menejment va konsalting» restoran holdingi kompaniyasi boş direktori lavozimiga tayinlanganini e'lon qiladi.
«Fontanka.ru», Znak.com, BBC va The Bell naşrlari «Vagner guruhi»ning Krasnodar ölkasidagi Molkino öquv poligonida öquv-maşğulot bazasi mavjudligini va u yerda maşğulotlar 2015 yil örtalarida boşlanganini ma'lum qilgan.
«Vagner» faoliyati
Ukrainada
2017 yil 7 oktabr kuni Ukraina xavfsizlik xizmati «Vagner» jangçilari Donbassdagi mojaroda 2014 yildan beri ayirmaçilar tomonida turib harbiy harakatlarda iştirok etib kelayotganini ma'lum qiladi. UXX ma'lumotlariga köra, «Vagner» guruhi jangçilari Il-76 samolyotini urib tuşirişda, Lugansk aeroporti va Debalsevoni bosib olişda iştirok etgan.
2017 yil 8 oktyabrda UXX Ukraina şarqida ayirmaçilar tomonida turib jang qilgan va Lugansk aeroporti va Debalsevoni bosib olişda iştirok etgan «Vagner» a'zolarining ism-şariflarini e'lon qildi. Öşa paytda UXX rahbari Vasiliy Gritsak «vagnerçilar» Dmitriy Utkin boşçiligida nafaqat Lugansk, balki Donetsk va Qrimdagi harbiy harakatlarda ham qatnaşganini ma'lum qilgandi.
Şuningdek, «Lugansk xalq respublikasi»ning mudofaa vaziri bölgan Aleksandr Bednovning ölimi ham «Vagner» bilan boğliqligi aytiladi. Bednov boşliq lugansklik ayirmaçilar «Vagner» tomonidan Ukraina harbiylariga qarşi qöyilgan pistirmaga duç kelgan va tuşunmovçilik ortidan boşlangan özaro jangda halok bölgan.
Suriya va Sudanda
BBC naşri ma'lumotlariga köra, Ukraina şarqida ayirmaçilar pozitsiyasi biroz mustahkamlangandan söng «Vagner » 2015 yil oktabr oyida Suriyaga yuboriladi. U yerda Rossiya harbiy bazasiga qilingan minomyot hujumi çoğida guruh jiddiy yöqotişlarga uçraydi. «RBK» naşrining ma'lum qilişiça, guruh jangçilari 2016 yil mart oyida Palmirani ozod qilişda qatnaşgan. «Fontanka.ru» naşrining ma'lum qilişiça, Suriyada bölgan guruh jangçilarining umumiy soni 400 kişini taşkil etgan.
2015 yil kuzidan 2016 yil bahoriga qadar Suriyadagi harbiy harakatlarda guruhning 32 nafar jangçisi öldirilgan, 80 nafari turli darajada tan jarohatlari olgan. 2017 yil boşida, «RBK» naşri va Conflict Intelligence Team (CIT) taşkiloti «Vagner»ning olti nafar yollanma jangçisi Suriyadagi fuqarolar uruşi paytida halok bölganini ma'lum qiladi.
2017 yil dekabr oyida BBC Sudandagi fuqarolik uruşida «Vagner» XHK jangçilari iştirok etayotganini va ular Umar Başir hukumati tomonida turib jang qilganini ma'lum qiladi.
2018 yil 15 fevral kuni Suriyaning Inson huquqlari monitoringi markazi Tabiya Jazira aholi punktida (Deyr az-Zor viloyati) öq-dorilar ombori portlaşi oqibatida «Vagner» XHK tarkibida jang qilgan 15 nafar rossiyalik halok bölgani haqida xabar bergan.
2018 yil 7 fevralda Suriyaning Haşam şahri yaqinida bölib ötgan janglarda «Vagner» juda katta yöqotişga uçraydi. Öşanda AQŞ harbiy-havo kuçlari tomonidan berilgan aviazarbalar sabab turli manbalarga köra guruhning 100 nafar jangçisi öldiriladi, 200 nafari yarador böladi. Öşa paytda Rossiyada davlatga qaraşli telekanallar Suriyada «Vagner»ning na polki (1000 nafar jangçi böladi) va na bataloni (500 nafar jangçi böladi) borligi, balki bir neça vzvoddan iborat oz sonli jangçilari bölganini aytib çiqişadi. Vaholanki, Dmitriy Peskov 2020 yil 30 iyul kuni Rossiyada «Vagner» degan guruh yöqligini aytdi.
Şuningdek, 2018 yil 8 fevral kuni Rossiya mudofaa vazirligi ham ruslarning Haşamdagi töqnaşuvlarda qatnaşganini tasdiqlamaydi. Ammo guvohlar Haşam yaqinidagi janglarda «Vagner» jangçilarining katta guruhi qatnaşganini ma'lum qilgan.
«Vagner»ning Suriyada tor-mor etilişi. Rossiya yöqotişlar izini qanday yaşirgan?
2018 yil 13 fevralda «Yabloko» partiyasidan Rossiya prezidentligiga nomzod Grigoriy Yavlinskiy Vladimir Putinga murojaat qilib, Suriyada Rossiya fuqarolari borligi va halok bölgani haqida ommaviy hisobot taqdim etişni talab qiladi. 14 fevralda esa prezidentlikka yana bir nomzod Kseniya Sobçak Suriyadagi rossiyaliklar ölimi yuzasidan parlament tekşiruvini ötkazişni taklif qiladi.
2018 yil 14 fevral kuni Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada rossiyalik harbiy xizmatçilar yöqligi, ma'lum miqdorda harbiy bölmagan Rossiya fuqarolari bölişi mumkinligini tan oladi va rossiyalik yollanma jangçilarning Haşamda ommaviy ravişda halok bölgani haqidagi ma'lumotlarni yolğon deb ataydi.
15 fevral kuni Rossiya taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Suriyada 5 nafar rossiyalik halok bölganini, ammo ular Rossiya qurolli kuçlariga tarkibida xizmat qiluvçi harbiylar emasligini ma'lum qiladi. «Vagner» jangçilari Suriyada hanuzgaça faoliyat olib borayotgani aytiladi.
Liviyada

2020 yil may oyida OAVda BMTning Liviyaga qarşi sanksiyalar böyiça qömitasi kuzatuv missiyasining hisobot ma'lumotlari e'lon qilindi. Unga köra, Liviyada «Vagner»ning 1200 nafarga yaqin yollanma jangçilari general Xalifa Haftar tomonida turib, Liviyaning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatiga qarşi kuraşgan. BMT kuzatuv missiyasi hisobotida rossiyalik yollanma jangçilarning soni haqida «bir qança vizual aloqalar va oçiq manbalardan olingan ma'lumotlarga asoslangan taxminiy raqam» deyiladi.
Hisobotda yozilişiça, rossiyalik yollanma jangçilar Liviyada 2018 yildan beri «harbiy transport vositalarini tuzatiş va jangovar operatsiyalarda texnik yordam körsatiş, elektron kuzatuvga qarşi kuraşişda maslahat beriş» niqobi ostida jangovor harakatlarda iştirok etmoqda.
Terminologik va huquqiy nyuanslar
OAVda Suriyadagi janglarda qatnaşgan, ammo rasman harbiy bölmagan Rossiya fuqarolari contractors (pudratçilar) yoki PMCs (private military contractors – xususiy harbiy pudratçilar) deb nomlanadi. Uşbu kontekstdagi pudratçilar sözining rusça körinişi «pudratçilar» emas, balki «pudratçi taşkilotning xodimlari» ma'nosida keladi. Şunga köra, PMCs «xususiy harbiy xizmat körsatuvçi taşkilot xodimlari» degan ma'noni anglatadi. Aftidan, «yollanma» (mercenary) sözini işlatmaslik AQŞ Jyeneva konvensiyasi 1977 yildagi Birinçi qöşimça protokolini imzolamagani bilan izohlanadi. Uning 47-moddasi 2-bandida qaysi şaxs yollangan deb hisoblanişiga izoh berilgan. Uşbu hujjatning imzolanişi xususiy harbiy sektorda xizmat qilayotgan taşkilotlarning işini sezilarli darajada murakkablaştirişi mumkin.
Şuningdek, Amerika Qöşma Ştatlari va Buyuk Britaniya 2001 yil 20 oktyabrdagi harbiy maqsadlar uçun işçilarni yollaş, ulardan foydalaniş, moliyalaştiriş va öqitişga qarşi xalqaro konvensiyani (International Convention against the Recruitment, Use, Financing and Training of Mercenaries) imzolamagan.
Garçi qonunlarida yollanma odamlarni, ulardan qurolli mojaro yoki uruşlarda foydalaniş uçun öqitiş, moliyalaştiriş, moddiy yordam beriş yoki yana boşqa işlarga yollaş taqiqlangan va jinoyat bölsa-da (Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 359-moddasi), Rossiya ham uşbu konvensiyani imzolamagan.
Rossiyada boşqa davlat hududidagi qurolli mojarolarda qatnaşiş uçun odam yollaş va yollaniş taqiqlangan. Bu iş uçun jinoyat kodeksida yetti yilgaça qamoq jazosi (359-modda) belgilangan. Şaxsni harbiy maqsadlar uçun yollaş, öqitiş va moliyalaştiriş uçun 15 yilgaça qamoq jazosi közda tutilgan.
Rossiyada XHK faoliyatini qonuniylaştirişga bir neça bor harakat qilingan. 2018 yil yanvarda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov XHKlarning qonuniylaştirilişini yoqlab çiqadi. Uşbu qonun taşabbuskorlari agar XHKlar faoliyati qonuniylaştirilsa, ana şunda yollanma jangçilarini çet elda terrorizmga qarşi operatsiyalarda iştirok etişga jalb qiliş, neft va gaz konlari kabi turli muhim obektlarni himoya qilişda ulardan foydalaniş, ommaviy qirğin qurollarini sotib oliş yoki saqlaşni taqiqlaş hamda ijtimoiy kafolatlarni joriy etiş imkonini beradi, deb taxmin qilişadi.
Hozirgi vaqtda XHK xodimlari heç qanday huquq va imtiyozlarga ega emas, turli huquq va imtiyozlar Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlarining kontrakt asosida xizmat qiladigan harbiylari uçun taqdim etiladi.
2018 yil dekabrda yillik matbuot anjumanida Vladimir Putin «Vagner» haqida quyidagilarni aytgan edi:
«Endi «Vagner» va uning tarkibidagi odamlar nima qilayotgani haqida. Hamma qonun doirasida qolişi kerak. Biz xususiy qöriqçilik faoliyatini butunlay taqiqlaşimiz mumkin. Ammo buni amalga oşirişimiz bilanoq, ular sizga uşbu mehnat bozorini himoya qilişni talab qiladigan köplab noroziliklar bilan murojaat qilişadi. Bizda bu sohada deyarli bir million kişi işlaydi. Agar uşbu «Vagner» guruhi biror qonunni buzayotgan bölsa, u holda uning faoliyatiga boş prokuratura huquqiy baho berişi kerak.
Ularning xorijiy mamlakatlarda ham faoliyat körsatişi haqida gapiradigan bölsam, yana takrorlayman, agar Rossiya qonunlarini buzmasa, ular dunyoning istalgan burçagida işlaş va özining biznes manfaatlarini himoya qiliş huquqiga ega».
Har qança ğalati bölmasin, Putin bir vaqtlar nomigaça aytgan va bu bilan mavjud ekanini tasdiqlagan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi 30 iyul kuni Kreml tomonidan Rossiyada de-yure mavjud bölmagan taşkilot deb ataldi.
«Vagner»? U nima özi?» – Kreml Minskda qölga olingan rossiyaliklar haqida. Töliq rasşifrovka
Şu örinda Liviyada Rossiya bilan manfaatlari töqnaş kelgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan «Vagner» jangçilari Liviyada jang qilayotganini va bunga isbot sifatida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu, Rossiya qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov, Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftar hamda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari deb atalgan kişi birgalikda aks etgan fotosurat borligini aytgandi.












