“KLM misli körilmagan kölamdagi inqirozning avji pallasida turibdi. Tiklaniş tomon yöl uzoq bölişi va mavhumlik bilan xavf solmoqda. Bu KLM strukturasi va kölami keyingi yillarda qat'iy tartibga solinişini anglatadi. KLM’da 4500 dan 5000 gaça iş örni qisqartiriladi”, deyilgan kompaniya xabarida. 

Kompaniyaning umumiy hisobda 33 mingga yaqin xodimi bor bölib, ulardan 1500 nafari majburiy ravişda qisqartirib bölingan, yana 2 ming kişi köngilli tarzda böşatiladi. Qolgan iş örinlari sekin-asta qisqartirib boriladi.   

Kompaniyada “mavhumlik darajasi yuqoriligi sababli” yana qisqartirişlar yuz berişi mumkinligi va 2023 yoki 2024 yillargaça tiklaniş kutilmayotgani aytilgan. 

“KLM uçun hozirda qimmatli va sodiq hamkasblari bilan xayrlaşişga töğri kelişi juda oğir va ayançlidir”, deb aytgan KLM boş direktori Piter Elbers.   

KLM avvalroq 2020 yilning 1-yarmida 768 mln dollar yöqotganini, 2-çorakda yölovçilar soni 95 foizga - 9 mlndan yarim milliondan kamroqqaça kamayib ketganini ma'lum qilgan.