«Aholiga qulaylik yaratiş, şuningdek, davlat xizmatlari markazlari infratuzilmasini takomillaştiriş maqsadida şu paytgaça davlat xizmatlari markazlarining 96 ta innovatsion binosi foydalanişga topşirildi.

Uşbu binolarning 42 tasi davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida barpo etilgan. Respublika böyiça jami 87 ta DXM binosini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida qurib bitkaziş böyiça investorlar bilan kelişuvga erişilganini alohida ta'kidlab ötiş joiz. Ayni vaqtda 90 ga yaqin şunday binolarni quriş işlari jadal olib borilmoqda.

Tuman markazidan uzoqda joylaşgan (100-300 km) hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib çiqib, davlat xizmatlari markazining mavjud 53 ta filiallari soni 57 taga yetkazildi. Uşbu yönalişdagi işlar izçil davom ettirilmoqda», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq 2020 yil 6 oy davomida 189 ta «Damas» avtomobillari va 20 ta maxsus jihozlangan «Isuzu» avtobuslari orqali 80 mingga yaqin sayyor xizmat körsatilgani ma'lum qilingan edi.

2020 yilning birinçi yarmida davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga körsatilgan xizmatlar soni 3,6 milliontani taşkil etadi, uşbu davrda xizmatlari turi 13 taga köpayib, 143 taga yetgan.