Germaniya poytaxti Berlinda 20 mingdan ortiq odamlar karantinga qarşi namoyişda qatnaşdi. Ularning aksari «Noodatiy fikrlovçilar» harakati a'zolari bölgan. Ular oraliq masofani saqlamasliklarini oçiqçasiga aytib, karantinga amal qilmasliklarini bildirişdi. «Biz – ikkinçi tölqinmiz» deb qiçqirgan namoyişçilar.

Berlin köçalariga çiqqanlar «Koronavirus bölmagan narsa», «Emlaş örniga tabiiy himoya», «Oğzimizni yopişga majbur qilişmoqda» yozuvlari bölgan bannerlar kötarişdi. Huquq tartibot organlari namoyişlarni tinçitişga urinişmadi va taşkilotçilardan bu karantinga qarşi ekanini, namoyişni töxtatişni söraşdi. Ular tinçimagaç, politsiya aralaşişga majbur böldi.

Foto: Politico
Foto: Politico

«Ular karantinga qarşi kuraşdagi barça işlarimizni çippakka çiqarişmoqda. Minglab virus yuqtirganlar özlarini ikkinçi tölqin deb ataşmoqda. Bu iqtisodni tiklaş borasidagi qilayotgan işlarimizni ham yöqqa çiqaradi», degan sotsial-demokratlar partiyasi yetakçilaridan bölgan Zaskiya Esken.

Bugungaça Germaniyada 211 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan. Ulardan 193 mingdan ortiği tuzalgan bölsa, 9 226 nafari vafot etgan. Butun dunyoda esa koronavirus yuqtirganlar soni 18 millionga yaqinlaşdi.