Singapurga keluvçi barça kişilar, jumladan xorijliklar 2 haftalik karantinda qoliş vaqtida maxsus elektron bilakuzuklar taqişi kerak böladi. Bu haqda mamlakatning ta'lim va inson resurslari vazirliklari hamda immigratsiya va nazorat boşqarmasining qöşma bayonotida aytilgan. 

Uşbu talab 10 avgust soat 23:59dan kuçga kirib, mamlakat fuqarolari va xorijlik işçilar hamda ularning oilalari a'zolariga taalluqli böladi. 12 yoşgaça bolalar uşbu qurilmalarni taqişdan ozod qilinadi.

Uşbu monitoring tizimlari mamlakatga kiriş vaqtida beriladi. Agar karantinda bölgan kişi özi yaşaydigan joyni tark etmoqçi bölsa, qurilma bu haqida rasmiy idoralarga ma'lum qiladi. Qoidabuzarlar 10 ming Singapur dollari (7,2 ming dollar) miqdoridagi jarima va/yoki 6 oygaça ozodlikdan mahrum qiliniş bilan jazolanişi mumkin, xorijliklar esa deportatsiya qilinadi.

Singapurda majburiy karantin 21 martdan kiritilgan. Şu bilan birga, 15 iyundan hukumat Avstraliya, Bruney, Xitoy, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlarga maxsus markazlarda 2 haftalik izolyatsiyadan ötiş talabini bekor qilgan.