2020 yilning 29 may kunidan 9 iyun kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida 20 yoşli I.M. Toşkent şahridagi “Qöyliq dehqon bozori” hududida örnatilgan bankomat yonida böla turib, mazkur bankomat yoniga plastik kartadagi pulni naqdlaştiriş maqsadida kelgan jami 7 nafar fuqaroga pullarni naqdlaştirişda yordam berişini aytgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, bu şaxs ulardan plastik kartasini olib, pullarni naqdlaştiriş jarayonida plastik kartaga ulaniş SMS xabarnomasini özining uyali telefon raqamiga yaşirinça örnatib, plastik karta raqami va kodini uyali aloqa vositasiga saqlab olib, mazkur fuqarolarning plastik kartasi hisobida mavjud bölgan jami 10.497.410 söm pul mablağlarini yaşirin ravişda egallab öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, I.M. ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan va lozim bölgan ehtiyot çorasi tanlangan. Tergov harakatlari yakuniga köra, jinoyat işi ayblov xulosasi bilan tegişliligi böyça sudga yuborilgan.












