«18 iyulda zaxiramizda 7580 test jamlamasi mavjud edi. Joriy yilning 2 avgust kuni holatiga köra zaxirada 1650 ta test jamlamasi qoldi. Kun davomida 439 nafar odamdan COVID-19ga tahlillar olinib, 829 ta test tahlillari ötkazildi. Şundan 133 tasi musbat, 696 ta manfiy çiqdi. Ayni paytda 1021 ta tahlillar tekşiriş uçun laboratoriyada saqlanmoqda.

Şu paytgaça koronavirus infeksiyasi uçun test olinganlar soni 174 339 nafarni taşkil etadi. Charter reyslar va boşqa yöllar orqali xorijdan kelganlar karantin zonalariga joylaştirilmoqda. Karantin majmualarida albatta testlarni ötkazamiz. Qolaversa, şifoxonalarda davolanayotgan bemorlardan bir neça marta test olamiz

Töraqul Orziqulov
Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Pandemiya boşlangangan buyon Toşkent viloyatida 3511 nafar şaxsning koronavirusga çalingani aniqlangan. Şu paytgaça 2527 nafar şaxs kasallikdan soğaygan. Ayni paytda 968 nafar bemor davolanmoqda. Hozirgaça 16 nafar bemor kasallik asoratlari tufayli vafot etgan. 1 avgust kuni 133 ta holat aniqlangan bölib, ularning barçasi aholi orasidan çiqqan», deya viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Orziqulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, 2020 yil 1 avgust holatiga köra Toşkent viloyatida kasallanganlarning 15 nafari öta oğir, 20 nafari oğir, 225 nafari qoniqarli ahvolda. Alomatlarsiz uy şaroitida davolanayotganlar 708  nafarni, pnevmoniya holatidagilar 153 nafarni taşkil etadi.

Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Bahodir Yusupaliyev Özbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqqanini aniqlaydigan 1 millionta test zaxirasi bor va u uzluksiz yangilanib turilganini ma'lum qilgan edi.