O‘zbekistonda 1 millionta test zaxirasi bor - SEOA direktori
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqqanini aniqlaydigan 1 millionta test zaxirasi bor va u uzluksiz yangilanib turiladi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev.
O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev joylardagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan odamlardan test olinmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Haqiqatan ham bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimiga «nagruzka» juda yuqori bo‘lmoqda. Sababi kuniga 450-470 nafar bemor aniqlanmoqda. Bu birinchidan.
Ikkinchidan, chet eldan fuqarolarimiz kelishda davom etmoqda, ularni albatta qabul qilishimiz kerak. Davlat rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratganlar. Charter reyslar va boshqa yo‘llar orqali xorijdan kelganlar karantin zonalariga joylashtirilmoqda. Karantin majmualarida albatta testlarni o‘tkazamiz. Qolaversa, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlardan bir necha marta test olamiz, bugungi kunda maxsus shifoxonalarda besh mingga yaqin bemor davolanmoqda.
Respublika bo‘yicha kuniga 20, 22, 25 minggacha testlar o‘tkazyapmiz. Buni o‘tgan davr bilan solishtiramiz: ilgari kuniga 8-10 mingta test o‘tkazgan bo‘lsak, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 2-3 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. Bu ham sog‘liqni saqlash tizimiga katta yuklama tushayotganidan dalolat beradi.
Bu natijaga erishish uchun qo‘shimcha 45ta PZR laboratoriyalari sotib olindi va joylarga yetkazildi.
Hozir O‘zbekistonda testlar yetarli emasligi haqida har xil gaplar yuribdi. Testlar bor. Zaxiramizda 1 millionta test mavjud va bu jarayon davom etadi. Zaxira tinimsiz yangilanib boradi. Sog‘liqni saqlash tizimi, agentlik bu borada ishlarni tashkil qilyapti.
To‘g‘ri, ayrim muammolar bo‘lishi mumkin. Kamchiliklar yo‘q emas. Misol uchun, Toshkent shahrining o‘zida 5ta joyda test sinovlarini olish masalasi qo‘yilgan edi. Lekin bugungi kunda kasallanish holatlari o‘sishini inobatga olib biz hozir har bitta tumanning o‘zida testlarni olish masalasini qo‘yganmiz va bu ishlar amalga oshirilyapti», – dedi Bahodir Yusupaliyev 12 iyul kuni «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga qaraganda «deyarli ikki barobar ko‘p» test olinmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022