«Şu yilning 3 avgust kuni mamlakatimizda 748 holatda kasallik qayd etilgan bölib, ularning barçasi koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Respublikaning 11 hududida koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq yangi holatlar qayd etilgan.
Tana harorati kötarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toşkent şahrida 252 holat;
- Toşkent viloyatida 236 holat;
- Samarqand viloyatida 53 holat;
- Namangan viloyatida 18 holat;
- Qaşqadaryo viloyatida 16 holat;
- Qoraqalpoğistonda 13 holat;
- Surxondaryo viloyatida 12 holat;
- Xorazm viloyatida 11 holat;
- Sirdaryo viloyatida 10 holat;
- Farğona viloyatida 20 holat;
- Andijon viloyatida 7 holat.
Tuzalganlar (+755)
Soğliqni saqlaş vazirligi bugun Özbekistonda 755 nafar bemor koronavirusdan soğayib, şu vaqtgaça tuzalganlar soni 17 ming 262 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
- Toşkent şahrida 531 nafar;
- Toşkent viloyatida 114 nafar;
- Samarqand viloyatida 26 nafar;
- Andijon viloyatida 22 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 20 nafar;
- Namangan viloyatida 19 nafar;
- Navoiy viloyatida 14 nafar;
- Farğona viloyatida 9 nafar.

Ölim holatlari (+6)
Bugun Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 2tadan, Qaşqadaryo va Navoiyda bittadan ölim holati qayd etildi va Özbekistonda jami ölimlar soni 159taga yetdi.
- Birinçi ölim. 20 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetişmovçiligi belgilari kuçayib Zangiota ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan, Toşkent şahri Mirobod tumanida yaşagan 46 yoşli bemor S.L.da (erkak) vafot etdi.
- Ikkinçi ölim. 20 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga kun davomida tana harorati kötarilib, nafas yetişmovçiligi kuçayganligi sababli yotqizilgan, Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşagan 58 yoşli (erkak) bemor Ş.D. vafot etdi.
- Uçinçi ölim. Covid-19 tasdiqlangaç, nafas yetişmovçiligi belgilari kuçaygan holatda Andijon viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan, Andijon tumanida yaşagan 63 yoşli B.P. (erkak) vafot etdi.
- Törtinçi ölim. Tana harorati kötarilib, nafas yetişmovçiligi kuçayganligi sababli Toşkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan, Toşkent şahar Uçtepa tumanida yaşagan 56 yoşli D.Ş. (ayol) vafot etdi.
- Beşinçi ölim. Covid-19 tasdiqlangaç, şahar şifoxonasiga yotqizilgan, Navoiy viloyati Zarafşon şahrida yaşagan 44 yoşli Ş.T. (erkak) vafot etdi.
- Oltinçi ölim. Covid-19 tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan, Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida yaşagan 70 yoşli T.R. (erkak) vafot etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari oğir, 224 nafari esa öta oğir ahvolda.












