Jorj Meyson universiteti Tizimli biologiya maktabi (AQŞ) professori Ança Baranova insoniyatda qanday holatda koronavirusga ommaviy immunitet paydo bölişi haqida sözlab berdi. 

Olimaning ta'kidlaşiça, SARS-CoV-2 virusi unga çalingan köplab odamlarda örtaça immunitet hosil qiladi. Bu immunitet 3 oydan keyin töliq yöqoladi. Aynan şu sababli koronavirusga qarşi antitanalarga asoslangan ommaviy immunitetni hosil qiliş qiyin hisoblanadi.

“Mamlakatning butun aholisini karantinga ötqizib, 3 oy içida koronavirusga çalinib ötişini taşkillaştirişning iloji yöq. Aynan şunday vaziyatda virus yöqoladi, çunki u tarqalişi mumkin bölgan odam qolmaydi. Insoniyatni koronavirusga qarşi ommaviy immunitet hosil qilişiga juda bölmasa bir yilga himoyalay oladigan vaksina yaqinlaştirişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan Baranova.

Mutaxassisning fikriça, koronavirusga qarşi har yil yangi vaksina işlab çiqişga hojat bölmaydi, çunki SARS-CoV-2 gripp virusi kabi tez mutatsiya qilmaydi.

“Gripp virusida tez özgarişga ulkan qobiliyat bor, uning genomi bu uçun ataylab qismlarga bölingan. U juda tez mutatsiya qiladi. Gripp köplab sonda xöjayinlar – çöçqalar, tovuqlar, quşlarda replikatsiya [öz-özidan köpayiş] qila oladi. Şu sababli har yil pandemiyaga aylanişi mumkin bölgan grippning yangi epidemiyasi keladi”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.  

Gripp virusining muttasil yangi ştammlari paydo bölişi sababli unga qarşi har yil emlaş talab etiladi. Biroq koronavirus bilan boğliq vaziyatda bunday emas - SARS-CoV-2 maqbul tezlik bilan mutatsiya qiladi. Mutaxassisning fikriça, koronavirusga qarşi qayta emlaş har gal yangi vaksina bilan emas, balki avval işlatilgan vaksinaning özi bilan ötkazilişi mumkin.