«Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sababli töxtatilgan faoliyat jarayonini tiklaşga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Uşbu faoliyatni tiklaşdan maqsad, xodimlar va tarbiyalanuvçilar uçun xavfsiz muhitni ta'minlaş orqali, bolalarni normal maişiy hayot, öyinlar va ta'lim jarayoniga qaytarişdir.
Bunda virus tarqalişi va uni yuqtirib oliş xavfini bartaraf etiş maqsadida joriy etilgan ta'qiq çoralarini hisobga olgan holda, qöşimça xavfsizlik çoralari ham tatbiq etilişi közda tutilgan. Ammo bolalar örtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy maşğulotlari va rivojlantiruvçi öyinlariga xalaqit bermasligi lozim», deyiladi vazirlik axborot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.
MTV tomonidan UNICEF’ning kömagida tayyorlangan pandemiya şaroitida boğçalarda iş jarayoni qanday tamoyillar asosida taşkil etilişi haqidagi videorolikda ota-onalarga imkon qadar bolalarni uyda olib ötiriş tavsiya qilingan. Agar buning iloji bölmagan taqdirda maktabgaça ta'lim muassasasida barça ehtiyot çoralari ta'minlanganiga işonç hosil qiliş söralgan. Jumladan:
– bolalar boğçasi yaşil yoki sariq hududda bölişi kerak;
– xodimlar koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça öqitilgan bölişi lozim;
– boğça binosi va hududi dezinfeksiya qilinişi şart;
– maktabgaça ta'lim taşkilotida uzluksiz suv ta'minoti tizimi yoki yetarli miqdorda suv zaxirasi bölişi şart;
– har bir guruh uçun bolalarning boğçaga kelişi jadvali bölişi kerak;
– har duşanba kuni ota-onalar paketga solingan bir martalik qoğoz soçiqlar yoki köp marta işlatiladigan beşta toza soçiqlar, işlatilgan soçiqlar uçun alohida paketlar olib kelişlari kerak;
– boğçaga kelayotgan bolalarda tibbiy niqob bölişi va kiriş joyida 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlanişi zarur
– boğçaga öyinçoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari va içimliklar olib keliş taqiqlanadi.
Qayd etilişiça, MTT xodimlari boğçaga kelgan tarbiyalanuvçilarning tana haroratini ölçab, ma'lumotlarni yozib borişlari talab etiladi. Agar bolada yoki MTT xodimida isitma, yötal yoki ötkir respiratorli infeksiyalarning boşqa belgilari bölsa, ularni boğçaga kiritiş mumkin emas. Agar bolaning tana harorati normada bölsa, uning qöllari dezinfeksiya qilinib boğçaga kiritiladi. Ota-onalarning boğça hududiga kirişlariga yöl qöyilmaydi.








