Yaqinda nafas beriş uskunalarini muhtojlarga xayriya asosda berayotgan tadbirkor bilan suhbat qilgandik. Yana bir yirik kompaniya ham şunday faoliyatni yölga qöydi. Uskunalar soni ham salmoqli – 75 ta.
“Artikul aziya kabel kompaniyasi xayriya loyihasini amalga oşirmoqda! “Hayot nafasi” deb nomlangan bu aksiya doirasida muhtojlarga kislorod konsentratorlari bepul tarzda taqdim etiladi va borib örnatib beriladi. Ayni paytda 75 ta şunday uskunamiz bor va ular sonini oşirişni rejalaştirimoqdamiz.
Barça ma'lumotlarni +99899-800-00-09 raqami orqali biliş mumkin.
Istardikki, muhtojlar murakkab vaziyatda kerakli yordamni olsinlar” – deyiladi kompaniya taqdim qilgan ma'lumotda.

















