– Özim toşkentlikman, 40 yoşdaman, tadbirkorlik bilan şuğullanaman, – deya söz boşladi suhbatdoşimiz Alişer Hakimxöjayev. – Yaqinda yon qöşnim şu kasallikdan oğirlaşib qoldi. Rosa qidirib, kerakli uskunalarni topa olmadik. Keyin döstimning onalari şu muammoga duç kelib vafot etdi. Şunda bu uskunalarga katta zarurat borligini his qilib, mana şu taşabbusga qöl urdik.
– Ayni paytda qanday turdagi neçta apparatingiz bor, ya'ni neça kişiga bunday yordam körsata olasiz?
– Özimda 6ta, döstlarimizda 4-5ta, jami 10tadan ortiq oksigenerator apparati, bir neça pulsoksimetrlar bor. Bu işga savobtalab örtoqlarim ham boş qöşişgan va şukrki, ularning safi kengayib borayapti.
– Zarur uskunalarni bepul berasizmi yoki ijara asosidami? Ijara asosida bölsa, narxlari qanaqa?
– Asosan bepul beramiz. Lekin ijaraga beriladigan holatlar ham böladi. Agar bemorning moliyaviy imkoniyati yaxşi bölsa, şaroitiga qarab, özi istagança ijara haqi olamiz. Va ijara haqi olayotgan odamimizga ham tuşgan pullar yana yangi uskunalar olişga sarflanişini tuşuntiramiz. Lekin 95 foizdan ortiq odamlarga bepul beramiz.
Bir raqamni aytsam tuşunib olasiz – şu paytgaça ijaradan 1 mln söm pul oldim. Çunki asosan muhtojlar murojaat qiladi, badavlat odam esa özi xarid qilib olaveradi. Ya'ni bu uskunalarni ijaraga berib tirikçilik qiliş niyatimiz aslo yöq. Maqsadimiz – xalqimizga oğir paytda ozmi-köpmi kömak beriş.
Uskunalar böş qolsa, «axir qayerdadir kimdir nafas olişga qiynalib yotgandir» deb ozgina diqqat bölaman. Şuning uçun muhtojlar +998998845515 raqamiga, döstimiz Alişerga qönğiroq qilsalar, böş-bandligiga qarab imkon qadar olib borib örnatib beramiz. Hozirça faqat Toşkent şahriga yetkazib bera olamiz.
– Uskunalarni qayerdan, qaysi mablağ hisobiga olib kelgansiz, narxlari qanaqa? Buning uçun homiylar yordam berişganmi?
– Özimizning örtoqlarimiz bilan, şaxsiy mablağimizga olib kelganmiz. Faoliyatim ham çet eldan mahsulot olib keliş bilan boğliq. Bu yerda biror homiyning kömagi bölmagan.
Xitoydan olgan uskunalarimiz narxi 800-1000 dollar atrofida tursa, Yevropadan keltirilganining qiymati 2,5 ming dollar. Qimmatga xarid qilganimiz oğir ahvoldagi ikki bemorni bemalol kislorod bilan ta'minlab tura oladi.














