Koronavirus aniqlangan şaxslar 14 kunlik karantinga joylaştiriladi, bu talabni buzganlarga esa 10 ming dollargaça jarima solinadi.
Nyu-York şahriga kiriş joylarida koronavirus yuqtirgan şaxslarni aniqlaş uçun tekşiruv punktlari taşkil etiladi. Bu haqda şahar meri Bill de Blazio ma'lum qildi.
Koronavirus aniqlangan şaxslar 14 kunlik karantinga joylaştiriladi, bu talabni buzganlarga esa 10 ming dollargaça jarima solinadi.
"Biz odamlarni jazolamoqçi emasmiz. Faqat, şaharga kirayotganlar qoidaga amal qilişlarini istaymiz", dedi u.
Tekşiruv punktlari köprik va tonnellarda, temir yöl stansiyalari va aeroportlarda taşkil etiladi.
Vaziyatni şuningdek, test ötkaziş va koronavirus tarqalişini kuzatiş böyiça guruh ham nazorat qiladi. Guruh rahbari Ted Longning sözlariga köra, şahardagi har beşinçi holat boşqa ştatlardan kelganlarda qayd etilmoqda.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berişiça, AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 4,77 milliondan oşgan, 157 mingga yaqin kişi vafot etgan.













