Denovdagi «Zarafşon» mahallasida tarqatilgan pullar qaytarib olingan 9ta xonadonning har biriga boşqatdan 500 ming sömdan bir martalik moddiy yordam puli berilgan. Bu haqda Denov tumani hokimligining 6 avgust kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan «Denovda ehtiyojmandlarga pul tarqatilib, qaytarib olindi. Tuşunmovçilik qayerdan kelib çiqqan?» sarlavhali material yuzasidan e'lon qilingan rasmiy munosabatida ma'lum qilingan.

«Joriy yilning 30 iyul kuni Denov tumanidagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 124ta xonadonga 1 milliard 725 million 604 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam puli tarqatildi. Uşbu xonadonlarda 9 678 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning barçasi mahallalarda şakllantirilgan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj oilalarning şaffof röyxati – «Temir daftar»ga kiritilgan xonadonlardir.
Haqiqatdan, tumandagi 3-sektor hududidagi «Zarafşon» mahallasida «Temir daftar»ga kiritilmagan, biroq, mahalladagi ehtiyojmand oilalar röyxatida bölgan 9ta xonadonga ham 500 ming sömdan yordam puli tarqatilgan. Mahalla mas'ullari uşbu mablağlar faqat «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolarga tarqatilişi kerakligini bilişgandan söng, uşbu 9ta xonadonga tarqatilgan moddiy yordam puli qaytarib olinib, «Temir daftar»ga kiritilgan ehtiyojmand xonadonlarga yetkazib berilgan.

Örganiş natijasiga köra, uşbu 9ta xonadon ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligi inobatga olinib, tuman «Saxovat va kömak» umumxalq harakati doirasidagi mablağlar hisobidan uşbu xonadonlarning har biriga 500 ming sömdan bir martalik moddiy yordam puli berildi», deyiladi Denov tuman hokimligi axborot xizmatining rasmiy munosabatida.











