Lukaşenkoning aytişiça, hozirda mamlakatga kirib kelgani taxmin qilingan jangarilar guruhi butun Belarus böylab qidirilmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Ukraina Minskka mamlakat hududiga janubdan yana bir guruh “jangarilar” kirib kelgani haqida ma'lumot berganini aytdi.
"Ukraina maxsus xizmatlari bizni janubiy çegaradan yana bir guruh kirib kelgani haqida ogohlantirdi. Hozirda butun Belarus böylab ularni qidirmoqdamiz", - dedi Lukaşenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.
"Töğrisi, men rostdan ham 30 kişi çegarani kesib ötganiga unçalik işonmayman. Ularni sezgan bölardik. Albata, agar ular Rossiya yoki Ukrainaga qaytib ketişmagan bölsa", - dedi u.
U şuningdek, heç qayerga qoçib ketiş niyatida emasligini aytdi.
"Men heç qayerga qoçmayman, farzandlarim ham. Çöntagi qappayganlar qoçadi. Moskvani ham gapirmayman – puling bölmasa u yerda nima ham qiliş mumkin", - dedi Lukaşenko.












