Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori voltli elektr uzatiş tarmoği ustuniga çiqib olgan şaxs haqida ma'lumotlar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB holat böyiça izoh berdi.

2020 yil 6 avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kiçik halqa yöli köçasida yuqori voltli elektr uzatiş tarmoği ustuniga çiqib olgan ayolni körib qolişdi. Ayol atrofdagilarga özini tepadan taşlab, öz joniga qasd qilmoqçiligini aytgan.

IIBB xodimlari, şu atrofda bölgan Sergeli tumani 8-son yonğin-qutqariş qismi mutaxassisi safdor Şerzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga çiqib, uni pastga tuşirgaç, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazişgan. Ayolning şaxsi aniqlangan: Farğona viloyatidan bölgan 36 yoşli D.U. vaqtinçalik poytaxtning Olmazor tumanida yaşab kelgan. 

Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda ayol bilan psixolog iş olib bormoqda.