Bu ayançli raqamlar qayd etilgaç, Braziliya Milliy kongressi (parlament) va Federal oliy sud koronavirus qurbonlari xotirasiga motam e'lon qildi.
“Davlatimiz heç qaçon bunday kölamdagi fojiani bilmagandi. 100 ming kişi, ulardan har birining ismi, kasbi, rejalari va orzulari bölgan. 100 ming kişi, şubhasiz, ular bu dunyoda va boşqa odamlar hayotida öz izlarini qoldirişgan. Qonunçilik hokimiyati va Federal oliy sud nomidan 100 ming vafot etganlar oilalari va yaqinlariga çuqur ta'ziya va hamdardlik izhor etaman. Federal oliy sud qurbonlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilinadi”, deb aytgan sud raisi Dias Toffoli.
Öz navbatida Braziliya parlamenti qurbonlar xotirasiga 4 kunlik motam e'lon qilgan. Bu haqda senator Davi Alkolumbre ma'lum qilgan. U Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oşgan 8 avgustni “mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng qayğuli kunlardan biri” deb atagan.
Avvalroq, Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 10 mingdan oşgandan keyin 10 mayda 3 kunlik motam e'lon qilingan edi.
Mamlakatning sud va qonunçilik hokimiyatlarining koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça pozitsiyalari mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruniki bilan tafovutlaşmoqda. Yaqinda özi koronavirusni boşdan ötkazgan Bolsonaru hamon virusni 60 yoşgaça bölganlar uçun xavfsiz deb hisoblamoqda. U bir neça oy davomida koronavirus tarqalişi xavfini kamaytirib, uni “grippça” deb atagan, ştatlar gubernatorlari kiritgan karantin çoralari mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazişi mumkinligini aytib, ularni tanqid qilgan. Bolsonaru, şuningdek, qat'iy karantin çoralarini qöllab-quvvatlagan ikki nafar soğliqni saqlaş vazirini lavozimidan böşatgan.
Braziliya prezidenti 6 avgustda ijtimoiy tarmoqlardagi har haftalik murojaatida mamlakatda yaqin orada koronavirusning qurbonlari soni 100 mingdan oşişini aytgan va öz sözlarini “hayot davom etaveradi”, deb tugatgan. Uning bu ohangdagi sözlari mahalliy OAVda yana keskin munosabat keltirib çiqargan.













