Yonğin tonggi soat 5 atrofida boşlangan. Voqea oqibatida yana 20 kişi jarohat olib, boşqa şifoxonalarga ötkazilgan. Ulardan ba'zilarining ahvoli oğir.
Yonğin vaqtida gospitalda 30 bemor davolanişda bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğinga qisqa tutaşuv sabab bölgan. Yonğin oqibatida 6-qavatli mehmonxona pod'yezdlaridan birining birinçi va ikkinçi qavati töliq vayron bölgan.
Ayni vaqtda Andxra-Pradeş koronavirusga çalinganlar soni böyiça Hindiston ştatlari örtasida 2-örinda turibdi. Bu yerda 84 mingdan köproq odam koronavirusdan davolanmoqda, 120 mingdan köproq odam soğayib ketgan, 1,8 ming kişi esa virusdan vafot etgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Hindistonda koronavirusga çalinganlar soni 2,1 mlndan köproqni, undan vafot etganlar soni 43,5 mingdan köproqni taşkil qilmoqda. Mamlakat koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda 3-örinni egallamoqda.












