«Şu yilning 9 avgust kuni mamlakatimizda 691 holatda kasallik qayd etilgan bölib, barçasi koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
9 avgust kuni respublikaning 5 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallaniş holatlari tana harorati kötarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qatorasiga uçinçi kun kunlik ösiş 700tadan kam bölmoqda.
- Toşkent şahrida 509 holat;
- Toşkent viloyatida 160 holat;
- Andijon viloyatida 11 holat;
- Namangan viloyatida 7 holat;
- Qoraqalpoğistonda 4 holat.
Tuzalganlar (+726)
Bugun respublikaning 8 hududida jami 726 nafar bemor tuzaldi va şu vaqtgaça kasallikdan foriğ bölganlar soni 22 ming 42 nafarga yetdi.
- Toşkent şahrida 436 nafar;
- Toşkent viloyatida 214 nafar;
- Qaşqadaryo viloyatida 31 nafar;
- Andijon viloyatida 15 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 15 nafar;
- Namangan viloyatida 7 nafar;
- Qoraqalpoğistonda 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 3 nafar.
Ölim holatlari (+6)
Bugun ham SSV 6ta ölim holati haqida xabar berdi va Özbekistonda şu vaqtgaça rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 194taga yetdi.
- Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşagan 84 yoşli Q.Ya. (erkak);
- Toşkent viloyati Zangiota tumanida yaşagan 62 yoşli S.T. (erkak);
- Navoiy viloyati Navoiy şahrida yaşagan 61 yoşli B.R. (erkak);
- Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahrida yaşagan 67 yoşli Q.K. (erkak);
- Toşkent şahri Olmazor tumanida yaşagan 70 yoşli Q.R. (ayol);
- Toşkent şahri Yaşnobod tumanida yaşagan 60 yoşli U.B. (ayol).

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari oğir, 386 nafari esa öta oğir ahvolda.












