Minsk va Brestda kuç tuzilmalari namoyişçilarga qarata rezina öq uzmoqda, deb xabar berdi Sputnik Belarus.
Agentlikning ma'lumot berişiça, Brest şahrida namoyişçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari örtasida töqnaşuvlar boşlangan.
Kakaya jyest protiv mirnogo naroda v Breste!
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Vyxodite! pic.twitter.com/MdAtPB9a51
"Militsiya yoruğlik-şovqin granatalarini portlatmoqda, namoyişçilar ularga şişa idişlar va axlat qutilarini uloqtirmoqda. Odamlar OMONçilarga hujum qilmoqda, kuç tuzilmalari xodimlari qalqonlar yordamida himoyalanmoqda", — deyiladi agentlik Telegram-kanalida.
Namoyişçilar köçadagi örindiqlardan barrikadalar qurib olişgan.
Belarus poytaxtida ham xuddi şunday vaziyat sodir bölmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
Minskoye Uruçe stoit! pic.twitter.com/h4XOWhFntW
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Militsiya namoyişçilarni tarqatişga urinmoqda. Bir guruh muxolifatçilar şaharning bar va qahvaxonalari bilan maşhur qadimiy qismiga qoçişgan.
Şu bilan bir vaqtda şahar markaziga namoyişçilarning yangi guruhlari kelişda davom etmoqda.
Puşkinskaya v Minske stanovitsya narodnoy! pic.twitter.com/RUbIjzHehI
— Belarus іnfarmatsyі (@NEXTA_EN) August 10, 2020
Mozir şaharçasida OMONçilar namoyişçilarni quvib yurib döpposlayotgani xabar qilingan. Xabarda aytilişiça, ular yölida uçragan kişini u xoh namoyişçi, xoh şunçaki yölovçi bölsin, ayab ötirmayapti.
Belarusda ikki kundan buyon norozilik namoyişlari davom etmoqda. Avvalroq töqnaşuvlarda yuzga yaqin kişi jarohatlangandi. Uç mingga yaqin kişi qölga olingan.
9 avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bölib ötdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, prezident Aleksandr Lukaşenko 80,08 foiz ovoz töplagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega böldi.











