Olimlarni bunday xulosaga Artikaning oxirgi muzlik davrlariaro iliq davrdagi holatini örganişlari olib keldi. Bu haqda Nature Climate Change naşrida ma'lum qilindi.

“Biz bilamizki, Arktika global isiş ta'sirida kuçli özgarmoqda. U bilan Yer tarixidagi oxirgi iliq davrda nima yuz berganini örganib, yaqin kelajakda nima yuz berişi mumkinligini yaxşiroq tuşuna boşladik. 2035 yilga kelib Arktika muz qoplamisiz qolişi mumkinligi insoniyatni global isişga qarşi faolroq kuraşişga undaşi kerak”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri, Britaniya antarktik xizmati xodimi Luiza Saym.

Dunyo iqlimşunoslarining deyarli barçasi global isiş mavjudligi hamda sayyoramizda harorat ösişi 1,5 daraja atrofida uşlay olinmasa, u Yer şari qiyofasini tubdan özgartirib yuborişiga şubha qilmaydilar. Bundan sayyoramiz iqlimi kompyuter modellari va turli iqlim sun'iy yöldoşlari hamda meteorologik stansiyalardan olinayotgan ma'lumotlar darak bermoqda. 

Bu jarayonning birinçi va boş qurbonlari Yer şarining qutborti hududlari va toğ muzliklari bölişi mumkin. Bu hududlarda harorat hozirdayoq ötgan yuz yillikdagiga nisbatan 4-9 daraja issiq bölmoqda. Natijada bu muzliklar maydoni qisqarişiga olib kelişi, buning natijasida Antarktika va Arktikaning qatta qismi muzdan mahrum bölişi mumkin.

Olimlar Artikaning qiyofasi 125 ming yil avval – Mikulin muzlik davrlariaro iliq davrida qanday özgarganini tahlil qilib, yuqorida keltirilgan jarayon olimlar kutayotgandan tezroq keçişi haqidagi xulosa kelişdi.

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, bunday jarayonlar Yerda 2035 yildayoq boşlanişi mumkin. Bu vaqtda Arktikadagi harorat körsatkiçlari Mikulin muzlik davrlariaro davri boşidagi körsatkiçlarga xos böladi. Şu tariqa, qutb muz qalpoği avvalgi iqlim modellari körsatgandan köra deyarli yarim asr erta yöqolişi mumkin.

Olimlar ularning yangi prognozi amaldorlar e'tiborini tortişiga va ularni issiqxona gazlari hajmini kamaytiriş böyiça yangi çoralarni amalga oşiriş ustida faolroq işlaşga majbur qilişiga umid qilişmoqda. Bu Arktika isişini sekinlaştirişi va insoniyatga qutb muz qalpoği yöqolgandan keyin iqlimning tubdan özgarişiga tayyor turişga vaqt beradi.