Rossiya Içki işlar vazirligi ilğor rivojlaniş hududlarida (IRH) band bölgan xorijiy işçilarni rus tili, Rossiya tarixi va qonunçilik asoslari böyiça imtihondan ozod qilişni taklif etdi. Gap, jumladan, Uzoq Şarq va Arktikadagi hududlar haqida bormoqda. Tegişli qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida eʼlon qilindi.
Amaldagi tartibga köra, xorij fuqarolari işlaş uçun ruxsatnoma oliş maqsadida, odatda, rus tili, Rossiya tarixi va qonunçilik asoslarini bilişini imtihonda tasdiqlaşi şart. IIV uşbu talab böyiça mavjud istisnolarni IRH rezidenti bölgan korxona xodimlariga ham tatbiq etişni taklif etmoqda.
Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi maʼlumotlariga köra, ilğor rivojlaniş hududlari monoşaharlarda, yopiq maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda, Uzoq Şarq hamda Arktika zonasida taşkil etiladi. Xususan, Uzoq Şarqda bunday hududlarning 16 tasi faoliyat yuritmoqda, yana ikkitasi esa Arktikada joylaşgan.
Qonun loyihasida qayd etilişiça, taklif etilayotgan çora investitsiyalarni jalb qilişni osonlaştirişi va uşbu hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini tezlaştirişi lozim.
Avvalroq Rossiya hukumati rus tili, Rossiya tarixi va qonunçilik asoslarini bilişini tasdiqlaş talabidan istisnolar röyxatini kengaytirgan edi. 2025-yil may oyida hukumat Davlat dumasiga Vazirlar Mahkamasining maxsus kvotasi doirasida işlaşga ruxsat olgan çet elliklarni imtihondan ozod qiliş töğrisidagi qonun loyihasini kiritgan. Iyul oyida uşbu hujjat yakuniy, uçinçi öqişda qabul qilindi.
Rossiyada qonuniy maqomga ega bölişni istagan çet elliklar uçun imtihonlar 2015-yildan buyon ötkazilmoqda. Ular uçta modulni öz içiga oladi: rus tili (çet tili sifatida), Rossiya tarixi va Rossiya qonunçiligi asoslari. Imtihon uç darajali murakkablikda böladi: eng soddasi - mehnat patentini oliş uçun, ikkinçisi - vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini (RVP) rasmiylaştiriş uçun va eng murakkabi bölgan uçinçisi - yaşaş guvohnomasini (VNJ) oliş uçun möljallangan.












