«Boşidanoq tana haroratim kötarilib, umumiy ahvolim yomonlaşdi. Ertasidan lohaslik, saldan keyin hid biliş va ta'm biliş ham yöqoldi. Birinçi hafta şifokor maslahati bilan uyda davolanişga harakat qildim, yengilroq ötsa, balki şifoxonaga hojat bölmas degan niyatim bor edi. Lekin bir haftadan keyin, tana harorati yana kötarilib ketganiga, şifokorlar şifoxona şaroitida davolanişga ötiş kerakligini ta'kidlaşdi. Öşa kezlari Semaşko sanatoriyasi koronavirusni davolaşga ixtisoslaştirilgan ekan, öşa yerda davolanişga töğri keldi.
Şifokor tavsiyasiga köra dorilardan boşidan D3, S kabi vitaminlarni qabul qila boşladim. Keyinroq isitma tuşavermagaç qöşimça antibiotiklar qöllaşni boşlaşdi. Saturatsiya tuşib ketganda, muolaja davomida deksametazondan ukol qilib, nafasni oçişga yordam berişdi.
Qonni suyultiradigan dori va tabletkalar ham juda muhim ekan. Çunki bu kasallikda inson organizmida qon quyilişi va şu orqali yurak qon aylaniş va öpkaga salbiy ta'siri bölişi mumkinligi haqida ham bilib oldim», deb yozadi Şerzod Şermatov.
Vazir sözi davomida koronavirusni öz boşidan ötkazgan bemor sifatida infeksiyadan ehtiyot böliş, agarda kasallik asoratlari sezilsa, qanday çoralar körgani haqida maslahat bergan.
«Boşidan ötgan tabib deganlaridek, kimdir özida şunday holatlarni sezsa, ba'zi maslahatlar ularga foydali bölsa kerak deb yozyapman.
Birinçidan, vahima qilmaslik. Vahima har qanday kasalning yanada kuçayişiga, odamni asabiylaşişiga va atrofda unga yordam berayotganlarning qiynalişiga sabab böladi.
Ikkinçidan, yaxşi niyat qiliş. Internetda negativ juda köp, lekin kasal paytingizda eng asosiysi yaxşi niyat qilib özingiz birinçi navbatda tuzalişga harakat qilsangiz, tezroq tuzalib ketasiz.
Uçinçidan, yaxşilik qiliş. Sadaqa raddi balo deyilgandek, qançalik yaqinlarga va muhtojlarga yordam berilsa, şunçalik odam özini yengilroq his qiladi.
Oxirgisi va eng asosiysi: şifokorlar işini qadrlaş. Şunça qiyinçiliklarda eng asosiy yuk şifokorlarga bölyapti. Şunday ekan, hozirgi davrda soğliğingiz tufayli şifoxonaga tuşib qolsangiz, sizni davolaydigan şifokormi, hamşirami yoki boşqa tibbiy xodim böladimi, siz ham öz navbatida ularga yaxşi gapirib, könglini kötarib turişni maslahat beraman. Ular ham juda çarçaşyapti, ayniqsa şu issiqda sanitariya qoidalariga rioya qilib hammasi maxsus kiyimda yurişi oson emasligini körişingiz mumkin. Fursatdan foydalanib, barça şifokorlarga minnatdorçilik bildirib ötmoqçiman!», degan vazir.
Şuningdek, Şermatov kasal bölgan paytida uni yöqlagan yaqinlari, döstlari, qarindoş-uruğlariga minnatdorlik bildirgan. Ularning duolari va yaxşi sözlari katta dalda bölganini ta'kidlagan.
«Hatto davlatimiz rahbari şaxsan ahvolimni suriştirib turganlarini eşitib, boşim osmonga yetdi. Şunday odamgarçiligi yuqori bölgan insonning jamoasida ekanligimdan ğururlandim. Ustozim bir neça bor telefon orqali hol ahvol sörab, könglimni kötarganlari ham katta madad böldi.
Prezident Administratsiyasi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasidagi Kompleksimiz rahbari tomonidan ham ahvolimni sörab turişgani kuç bağişladi. Şunday vaqtda iş böyiça munosabatlar emas, balki haqiqiy insoniylik qadriyatlarining muhimligi juda bilinar ekan.
Ota-onamning har kungi duolari, barça qarindoşlarning özaro birlaşib, özlari pişirgan taomlardan ilinib yuborib turişganining ham katta foydasi tegdi. Ayniqsa, qarindoşlar tayyor boqayotgan tovuğini olib, söyib, tovuq şörva pişirib yuborib turişgani tezroq tuzalişimga foyda böldi.
Köpçilik yaqinlarim qatori, Sport Federatsiyasidagilar ham Xitoy dorisidan darrov yetkazişdi, rahmat, baraka topişsin. Bunday e'tibordan juda xursand böldim.
Men özimni juda boy inson deb hisoblardim, çunki ham ota-onam, ham qaynona-qaynotam hayot bölib, doim duo qilib turişgandi. Afsuski, orada qaynotam ham omonatlarini topşirdilar. Joylari jannatda bölsin, juda yaxşi inson edilar...
Şifoxonaga borganim töğri bölibdi, MSKT 50 foiz öpkada ikki tomonlama pnevmoniya ekanligini körsatdi. Keyin saturatsiya 73gaça tuşib ketdi, kislorod konsentratorini ulab, ança kötarib turişga imkon böldi. Lekin baribir eng asosiysi, kislorod bölsa ham, odam özi köproq nafas maşqlari qilişi kerak ekan. Kislorod boşida öpkani ozgina erka qilib ham qöyarkan.
Faqat kisloroddan nafas olib yotgan bilan ijobiy natija çiqişi qiyin böladi deyişdi, şunga imkon boriça nafas maşqlarini qilişga harakat qildim va albatta, foydasini sezdim. Boşida qiynalib yötal tutgan vaqtlari, majbur qaytadan kislorodga ulanib, saturatsiyani kötarib turdim, keyin sekin-sekin kislorodni kamaytirib, köproq nafas olişga harakat qildim.
Men 2 yilça avval pnevmoniya bölgandim, şu ham salbiy ta'sir qildi. Özi umuman davlat işidagi tartibsiz rejim, asabbuzarliklar, keçgaça işda böliş ham organizmni çarçatib, bunday kasalliklar oğirroq ötişiga sabab bölarkan. Şuning uçun, imkon boriça özingizni asranglar, pnevmoniyani menga öxşab oyoqda ötkazmanglar», deydi vazir.
U özidan taşqari vazirlikdagi bir örinbosar va ançagina xodimlar ham bu virusni yuqtirib, ular ham davolanib çiqişgani haqida ma'lumot bergan.
«Eng qiyini kasalxonada vaqt sekin ötişi böldi. Men kabi işga örganib qolgan odamga vaqt bekor ötayotganiga könikiş juda qiyin bölarkan. Rahmat, öz işiga mas'uliyatli va taşabbuskor yaxşi örinbosarlar va fidoyi xodimlarimiz bor. Internet orqali ham darrov vazifalarni tuşunib, işlarni sifatli taşkil qilişga harakat qilişdi. Afsuski, men bilan bir vaqtning özida vazirlikdagi bir örinbosar va ançagina xodimlar ham bu virusni yuqtirib, ular ham davolanib çiqişdi.
Hozirda uyda reabilitatsiya davrini ötamoqdaman, nasib qilsa yaqin orada işga qaytaman.
Davolaniş davrida...
Kasalxonada ekanman, 60dan ortiq audiokitob eşitib qöydim. Farhod Ibragimovga rahmat, ança oldin yaxşi Blinkist degan dasturni sovğa qilgandi. Juda köp yaxşi kitoblarni qisqaça qilib aytib beradigan, ingliz tilini bilgan va vaqti ziq bölgan rahbarlar uçun juda foydali dastur ekan.
Imkoniyatingiz bölsa, audiokitoblar tinglang, bu esa vaqtdan unumli foydalanişga yordam beradi. Özbek tilida audiokitoblar tinglamoqçi bölganlar www.kitob.uz portalidan bemalol foydalanişlari mumkin.
Kimgadir uşbu maslahatlarimning foydasi tegsa xursand bölaman, özingiz va yaqinlaringizni asranglar!», deya sözini yakunlaydi Şerzod Şermatov.
Şu paytga qadar köplab davlat amaldorlarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma'lum. Xususan, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, şuningdek, davlat boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov hozirda COVID-19 infeksiyasidan davolanmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi örinbosari Musa Yerniyazov, Respublikaning Qonliköl tumani hokimi Daulet Toliboyev, Özbekiston Moliya vaziri örinbosari Yorqin Tursunov esa mazkur kasallik oqibatida vafot etgan.












