AOKAda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nargiza Nurillayeva iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifingda fuqarolardan kelib tuşgan savollarga javob berildi. Xususan, murojaatlardan birida Covid-19’ni yuqtirişda qaysi guruh homilador ayollar xavf guruhiga kirişi haqida söralgan.
«Birinçi navbatda qandli diabet, öpkaning surunkali kasalligi, yurak qon-tomir kasalliklari, kamqonlikning oğir darajalari, sust immunitet va surunkali jigar, buyrak kasalliklari mavjud bölgan homilador ayollar Covid-19`ni yuqtirişi xavfli hisoblanadi», - dedi ştab a'zosi.
Bundan taşqari, profilaktika uçun qabul qiliş mumkin bölgan vitaminlar haqidagi savolga ham javob berildi.
«Maxsus vitaminlarni qabul qiliş zaruriyati yuq. Hozirgi paytda insonlar soğlom ovqatlanişlari kerak va albatta meva-sabzavotlarni iste'mol qiliş kerak. Şu bilan birga, iloji boriça uy şaroitida tayyorlangan ovqatlarni iste'mol qiliş lozim», dedi Nargiza Nurullayeva.
Ştab a'zosi bugun umumiy amaliyot şifokori va mobil guruhlar kimlarga xizmat körsatişi haqida savolga ham javob berdi.
«Poliklinikalarda taşkil etilgan mobil guruhlar Covid-19 va pnevmoniya alomatlari bölgan bemorlarni, şuningdek kasalxonada davolanib qaytgan bemorlarni kuzatiş, tibbiy yordamga maksimal darajada kirişni ta'minlaş va kasalxonada davolanişdan keyin asoratlarni oldini oliş uçun tuzilgan.
Bundan taşqari, mobil guruhlar uy şaroitida surunkali kasalliklarga çalingan bemorlarga, körsatmalar böyiça homilador ayollar va bolalarga patronaj xizmatlarini körsatadilar», deya Nargiza Nurullayevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











