Qozoğiston senatida umumiy hisobda 49 örin bor bölib, ularga mamlakatning 17 ta hududidan 2 nafardan deputat saylanadi. Şuningdek, 15 deputat senatda milliy-madaniy turfa xillikni ta'minlaş maqsadida prezident tomonidan tayinlanadi. Senatorlar vakolatlari muddati 6 yilni taşkil qiladi. Ulardan yarmi har 3 yilda qayta saylanadi.     

2020 yil 15 oktyabrda senatning hududlardan saylangan 17 a'zosi vakolatlari tugaydi va şu sabab navbatdagi saylovni ötkaziş zarurati yuzaga kelgan. Saylov natijalari markaziy saylov komissiyasi tomonidan 7 kun içida e'lon qilinadi. 

Senatorlikka Şarqiy Qozoğiston oblastidan 4 nomzod, Oqmola, Atirau, Ğarbiy Qozoğiston, Qarağanda, Qöstanay, Qizilörda va Pavlodar oblastlaridan, Nur-Sulton, Olmaota va Çimkent şaharlaridan  3 nafardan nomzod, qolgan hududlardan esa 2 nafardan nomzod da'vogarlik qilmoqda. 

Avvalgi şunday saylovlar respublikada 2017 yil 28 iyunida bölib ötgan. Öşanda 16 deputat saylangan, çunki Çimkentga republika ahamiyatiga molik şahar maqomi bir yildan keyin berilgan.