Namangan viloyatida faoliyat yurituvçi «Research and Global» MÇJ Kun.uz saytida e'lon qilingan «Vazirlik ota-onalarni xorijdagi soxta OTMlarga aldanib qolmaslikka çaqirdi» nomli maqolaga raddiya bildirdi.
«Joriy yilning 10 avgust kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Holiqov sözga çiqdi.
U Kun.uz muxbirining xorijdagi oliy ta'lim muassasalariga yuboruvçi xususiy taşkilotlar faoliyatiga oid savoliga «Hududlarda, tegişli joylarda turli şakldagi, qöştirnoq içidagi tadbirkorlar faoliyat olib boryapti... Hattoki televideniyeda, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon berilyapti.
Mana masalan, ma'lumot uçun aytiş kerakki, televideniyeda kördim (şundaylardan biri – tahr.) Namanganda Yoşlar ittifoqi binosida joylaşgan. Albatta, bu öşa yerdagi mas'ullarning e'tiborsizligi deb öylayman. Ertaga şu yerdagi yoşlarda muammo keltirib çiqaradi, u vaqtda biz öşa qöştirnoq içidagi tadbirkorlarni topolmay qolamiz» deb javob berdi.
Mas'ul xodimning bu sözlari Kun.uz saytida mazmuni aslidan farq qiladigan şaklda e'lon qilindi.
Ta'kidlaş lozimki, Namangandagi «Yoşlar markazi» binosida «Research and Global» MÇJ faoliyat olib boradi. Asosiy faoliyat turi konsalting xizmati bölib, xorijiy davlatlarga öqişga boriş istagini bildirgan abituriyentlarga özining tavsiya xarakteridagi kömagini berib kelmoqda. Mazkur MÇJ 2019 yilning fevral oyidan buyon faoliyat olib boradi. Ötgan davrda Polşa, Latviya, Qozoğiston, Qirğiziston, Janubiy Koreya, Amerikadagi nufuzli davlat oliygohlari bilan özaro şartnoma tuzgan.
Keyingi ikki yil davomida Namangan viloyatidan 300 nafar abituriyentning hujjatlari rasmiylaştirib yuborildi. Ularning aksariyati talaba bölib, birinçi kurs bitiruvçilari öz öqişlarini Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga köçirib ötkazişdi ham.
Jamiyatimizning «Yoşlar markazi» binosida faoliyat yuritişi aslo u yerdagi mas'ullarning e'tiborsizligi emas. Binodan foydalaniş böyiça tegişli ijara şartnomasi imzolangan va barça harakatlarimiz qonun talablari doirasida amalga oşirilmoqda.
Bu yil yurtimiz va jahondagi pandemiya şaroitida hujjatlarning masofaviy qabuli taşkil etilgan. Uşbu MÇJ faoliyati tölaqonli qonuniy bölib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini norozi qiladigan holatlar qayd etilmagan», deyiladi «Research and Global» MÇJ raddiyasida.







