Kun.uz Boş prokuratura matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga köra, bu haqda Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB navbatçilik qismiga 10 avgust kuni soat 10:33da xabar kelib tuşgan.

Marhum – 1989 y.t. O.K. Surxondaryo viloyati Denov tumani «I.Ismoilov» MFYda doimiy röyxatda turgan. Oilali, muqaddam sudlanmagan, ruhiy asab kasalliklari va narkologik dispanser röyxatida turmagan.

Ma'lum bölişiça, O.K. oilasi bilan birga Rossiyaning Qozon şahriga işlaş uçun ketgan va 4 avgust kuni charter reys orqali Toşkentga olib kelinib, karantin uçun «Sayohat» mehmonxonasi 408-xonasiga joylaştirilgan.

7 avgustda undan COVID-19ga test olingan, 9 avgustda çiqqan test natijasidan unda koronavirus yöqligi aniqlangan.

Marhumning Denovda yaşovçi yaqin qarindoşlari bilan boğlanilganda, ular sönggi paytlarda O.K.ning ruhiyatida salbiy tomonga özgarişlar sezilgani va özini yomon his qilib yurgani, şu sababli turmuş örtoği va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari Rossiyada qolişiga qaramay, u Özbekiston olib kelinganini aytişgan.

Mehmonxonada O.K. bilan bir xonada turgan va u bilan hamqişloq bölgan Qozon universiteti talabasining sözlariga köra, marhum oilasi Rossiyada qolib ketganidan stressga tuşgan, sönggi vaqtlarda mehmonxonaning balkon qismiga köp marta kirib çiqqan; voqeadan bir kun oldin – 9 avgust kuni soat 17:00lar atrofida Rossiyada qolib ketgan oila a'zolari bilan telefonlaşgan.

Talaba içki işlar xodimiga bergan körsatmasida 10 avgust kuni soat 10:30lar atrofida xonada uxlab yotgan bölgani, harorat ölçaş uçun mehmonxona xodimi kelganida uyğonib haroratini ölçatgani, xodim undan xonadoşi O.X.ni çaqirib berişni iltimos qilgaç, u xonada yöqligi sabab balkonga çiqqani va mehmonxona hovlisida marhumning jasadini körgani, söng bu haqda mehmonxona xodimiga xabar berganini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilib, O.K.ning ruhiy kasallikka çalingan yoki çalinmaganiga aniqlik kiritiş çoralari körilmoqda.