Hukumatning şu haqdagi qarorida yangi fandan «Milliy ğoya va huquq» mutaxassisligiga ega öqituvçilardan taşqari «Boşlanğiç ta'lim», «Tarix» va «Dinşunoslik» mutaxassisligi vakillari ham dars berişi mumkinligi körsatib ötilgan. Bu masala qator maktablarda öqituvçilar orasida tuşunmovçilikka sabab bölmoqda.

Kun.uz’ga kelib tuşgan murojaatlarda aytilişiça, ayrim maktablarda yangi öquv yili uçun dars soatlari taqsimlaniş jarayonida şundoq ham dars soatlari kam bölgan «Tarbiya» darslari boşlanğiç sinf va tarix öqituvçilari örtasida taqsimlanmoqda. Birinçi galda uşbu fanni öqitişi kerak bölgan «Milliy ğoya va huquq» fani öqituvçilari esa çetda qolib ketayotgan holatlar uçramoqda.

Aslida «Tarbiya» fanini qaysi yönaliş mutaxassislari öqitişi kerak? Uşbu savol bilan Respublika ta'lim markazi direktori Şuhrat Sattorovga murojaat qildik.

«Qarorga köra, «Boşlanğiç ta'lim», «Tarix» va «Dinşunoslik» mutaxassislari malaka oşiriş kurslarida öqitiladi va «Tarbiya» fanini öqitişlari mumkin böladi.

Nima uçun faqat «Milliy ğoya va huquq» fani öqituvçilari malaka oşiriş kurslarida öqitilmayapti, degan savol tuğilişi tabiiy. Bunday yöl tutilişiga sabab – hozirgi kunda respublikaning ayrim hududlarida «Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi» yönalişidagi mutaxassislarning yetişmasligidir. Şuning uçun qöşimça yönaliş öqituvçilarini ham öqitiş közda tutilgan.

«Tarbiya» fani yangi ekani, şu bilan birga, «Milliy istiqlol ğoyasi va ma'naviyat asoslari» fani öqituvçilariga bölgan ehtiyoj barça hududlarda ham birday töliq qoplanmagani uçun Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hududiy markazlarida «Boşlanğiç ta'lim», «Milliy ğoya va huquq», «Tarix», «Dinşunoslik» mutaxassisligiga ega fan öqituvçilari uçun «Tarbiya» fanidan onlayn şakldagi maqsadli malaka oşiriş kurslari taşkil etilmoqda.

«Tarbiya» faniga ajratilgan dars soatlari, avvalo muassasada faoliyat yuritayotgan «Milliy istiqlol ğoyasi va ma'naviyat asoslari» mutaxassislariga taqsimlanib, bir stavkadan ortiqça dars soati yuzaga kelgandagina yuqorida nomlari keltirilgan va tegişli malaka oşiriş kursidan ötgan boşqa fan mutaxassislariga berilişi mumkin.

Qarorning 5-bandida keltirilganidek, respublika oliy ta'lim muassasalarining «Boşlanğiç ta'lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar böyiça), «Tarix öqitiş metodikasi», «Filologiya va tillarni öqitiş: Özbek tili», «Özbek tili va adabiyoti», «Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi», «Pedagogika va psixologiya», «Dinşunoslik» va Islomşunoslik (Islom tarixi va manbaşunosligi)», «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta'lim yönalişlari bitiruvçilariga umumiy örta ta'lim maktablarida «Tarbiya» fanini öqitiş huquqi berilişi esa 2020/21 öquv yilidan boşlab, OTMlar öquv rejasiga mazkur fan kiritilgandan söng amalga oşiriladi», – deya aniqlik kiritdi Şuhrat Sattorov.